Toşkent viloyatining ayrim tumanlaridan söng, Farğona şahri boğçalarida ham bolalarning ovqatdan zaharlanişi kuzatildi. Taom yetkazib beruvçi firma viloyat hokimining qarori bilan tendersiz tanlab olingan, uning mansabdorlari sanitariya talablarini buzganlikka oid jinoyat işida ayblanmoqda. Bu bolalarni ovqatlantiriş tizimi noşaffof işlayotganiga işorami? Özi muammo nima bilan boğliq? Bunga kim javobgar? Kun.uz studiyasida ötadigan jonli suhbatda şular muhokama qilinadi.