Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO) nihoyat 2021 yil 23 may kuni Afinadan Vilnyusga uçgan Ryanair samolyotiga bomba qöyilgani haqidagi xabar atayin yolğondan tarqatilganini tan oldi. Bu haqda ICAO saytida çop etilgan hisobotda aytiladi. Hujjat mualliflarining ta’kidlaşiça, na bombaning özi, na uning mavjudligiga oid izlar na Afinada parvoz oldidan ötkazilgan tekşiruv vaqtida, na Belarus va Litvada keyingi tekşiruvlar çoğida topilmagan. 

«Barça aniqlangan holatlarni körib çiqib, ICAO kengaşi Ryanair’ning FR4978 reysi bortida bomba borligi haqidagi xabar ataylab yolğondan tarqatilganini va uning xavfsizligiga tahdid solganini, xabar ekipajga Belarus rasmiylari yuqori martabali vakillari körsatmasi bilan yetkazilganini tan oldi. Belarus rasmiylari», - deyiladi bayonotda. 

ICAO Belarus hukumatini yolğon tahdid va parvozga noqonuniy aralaşuv uçun qoralab, Minsk fuqaro aviatsiyasi böyiça kamida ikkita asosiy xalqaro şartnomani qöpol ravişda buzganini ta’kidladi. Hisobotda aytilişiça, ICAO tergovçilarining xulosalari BMT boş kotibi Antoniu Guterrişga «körib çiqiş va tegişli çoralar köriş uçun» yetkaziladi. 

Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga yöl olgan samolyoti 2021 yil 23 may kuni tuşdan keyin ekipaj belaruslik dispetçerlardan bort minalaştirilgani haqida ma’lumot olganidan söng, Minskka majburan qöndi. Laynerni kuzatib boriş uçun Belarus harbiy-havo kuçlarining MiG-29 qiruvçisi havoga kötarildi. 

Minsk aeroportida tekşiriş paytida bortda heç qanday bomba topilmadi va beş soatdan keyin layner parvozni davom ettirdi - ammo Belarus xavfsizlik kuçlari Nexta Telegram-kanalining asosçisi va sobiq boş muharriri Roman Protaseviç va uning hamrohi Sofya Sapegani hibsga oldi. Sapega keyinçalik Belarusda olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, hukm 2022 yil 28 mayda kuçga kirdi. 

Parvoz töxtatilganidan bir neça kun ötgaç, ICAO voqea böyiça öz tekşiruvini ötkaziş niyatini e’lon qildi. 2021 yil avgust oyida taşkilot mutaxassislari joyida ma’lumot yiğiş uçun Minsk şahriga yetib keldi. Yanvar oyida ICAO hisobotini e’lon qildi, unga köra Belarus rasmiylarining layner «minalaştirilgani» haqidagi anonim xabarni oliş vaqti böyiça körsatmalarida köplab nomuvofiqliklar mavjud bölgan.