Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva şahridagi vakolatxonasiga 18 nafar Özbekiston fuqarosi haq-huquqlari buzilayotganidan şikoyat qilib, murojaat qilgan.

Ma’lum bölişiça, Tula şahridagi iş beruvçi va işçilar örtasida "vositaçilik" bilan şuğullangan fuqaro quriliş obektida özbekistonliklarni işlatib, iş haqini bermagan.

Agentlikning Tula şahridagi vakili tomonidan mazkur holat örganilib, özbekistonliklarning 923 ming 764 rubl miqdoridagi puli "vositaçi"dan undirib berildi.

Bundan oldin Rossiyada Özbekiston fuqarolariga kuç işlatib, majburiy mehnatga jalb qilgan iş beruvçi hibsga olingandi.