Sankt-Peterburgda sud Roman Ivanovni etnik sabablarga köra zöravonlikka undagani uçun uç yil muddatga şartli qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda Sankt-Peterburg sudlarining qöşma matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, u Rossiya Jinoyat kodeksining 280-moddasi 2-qismi (Internet orqali ekstremistik faoliyatga ommaviy çaqiriqlar) böyiça aybdor deb topilgan.
Iş materiallariga köra, joriy yilning may oyida u «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi «Natsistlar jamiyati» guruhida qirğizlar, tojiklar va Kavkaz xalqlari vakillariga qarşi zöravonlik harakatlariga çaqirgan.
Ta’kidlanişiça, Ivanovning özi aybiga töliq iqror bölgan.
Natijada, sud Ivanovni 3 yillik sinov muddati bilan 3 yil şartli qamoq jazosiga hukm qildi. Şuningdek, u 2 yil 10 oy muddatga jamoat taşkilotlari/jamoalarning işida iştirok etiş, şu jumladan veb-saytlar, elektron yoki axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari, şu jumladan internet tarmoğidan foydalaniş bilan boğliq faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan mahrum etiladi.












