Özbekistonda avtomobillar ança kamligiga qaramay, avtohalokatlar va ulardagi ölimlar sonining haddan taşqari köpligi uzoq yillardan beri oğriqli muammo bölib qolmoqda.

Ötgan yili respublikada inson jarohatlanişi bilan boğliq YTHlar soni uç yillik tanaffusdan keyin yana 10 mingdan oşdi, halok bölganlar soni yana 2,5 mingga yaqinlaşdi.

Yöl harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga köra, 2022 yilning birinçi yarmida Özbekistonda 784 kişi avtohalokat qurboni bölgan, bu – ötgan yilning şu davriga nisbatan 127 taga yoki 14 foizga kam. Jarohatlanganlar soni 2842 nafardan 2775 nafarga tuşgan. Bunday noodatiy va keskin ijobiy özgarişning sabablari borasida hozirça izoh berilgani yöq; eslatib ötamiz, fevral oyida prezident yöl harakati xavfsizligi masalasida selektor ötkazgan edi (bu haqda quyiroqda).

Halokatli YTHlarning 54 foizi sub’yektiv omillar hisobiga röy bergan bölsa (23 foiz holatda tezlikni oşiriş sabab bölgan), 46 foiz avariyalar yöl infratuzilmasi bilan boğliq. Ya’ni jarohatlanişga olib kelayotgan har ikkita YTHdan bittasi haydovçi va piyodaga boğliq bölmagan obektiv sabablarga ega.

Jahon banki ma’lumotiga köra, 2010 yilda Özbekistonda har 100 ming aholiga 11,3 nafar YTH qurboni töğri kelgan va mamlakatning bu boradagi natijasi Ozarboyjon (11,4), Latviya (11,8), Litva (12,1), Moldova (13,2), Ukraina (15,4) va Belarus (21,9)dagidan yaxşiroq bölgan. Lekin keyingi 10 yilda vaziyat özgarib, Özbekiston yöllardagi ölimlar soni böyiça bu 6 ta davlatning barçasidan ilgarilab ketdi.

Mintaqaning qator davlatlari avtohalokatlar oqibatidagi ölimlar sonini qisqartiriş böyiça Özbekistonga qaraganda ança samaraliroq siyosat olib bordi. Özbekiston 10 yil içida bu şartli yettilikda birinçi örindan oxirgi öringa tuşib qoldi. / Infografika: Jahon banki