Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligi elektr tarmog‘ida yuklamalar oldini olish uchun xonadonlar va ofislarga tavsiyalar berdi
Joriy yil 17-22 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli kunduz kunlari ayrim hududlarda havo harorati 47 daraja issiqqacha ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, havo harorati keskin ko‘tarilishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab keskin oshadi. Elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklama ortishi va natijada tarmoqda nosozliklar kelib chiqishi mumkin.
Anomal issiq kunlarda elektr tarmog‘ida zo‘riqishlar oldini olish uchun xonadonlarga va ofislarga quyidagilar tavsiya etilmoqda:
- konditsionerlar ishlayotgan xonada eshik va derazalarni yopish;
- konditsionerni avtomatik rejimda ishlatish;
- xonadon sohiblari iloji bo‘lsa, hamma xonalarda emas, quyoshga teskari bo‘lgan bir yoki ikki xonada konditsioner ishlatib, o‘sha xonalarda bo‘lishlari;
- kun issiq paytida (soat 12:00 dan soat 20:00 gacha) imkon qadar boshqa xo‘jalik elektr buyumlari (elektr choynak, dazmol, changyutkich, mikroto‘lqin uskuna, kir va idish yuvish mashinalari)ni ishlatmaslik;
- muzlatkich (xolodilnik)ni quyosh tushmaydigan joyda, devorlardan kamida 15 sm masofa uzoqlikda ushlash;
- bino quyosh tushadigan tarafidagi derazalar tashqarisidan, xonalarga quyosh tushishini cheklovchi matoli yo boshqa materiallardan to‘siqlar qo‘yish;
- shunda quyosh xona ichini emas, tashqaridagi materialni qizdiradi. Xona salqinroq bo‘ladi;
- do‘konlar, elektr sarfini kamaytirish maqsadida, muzlatkichlar tashqi qurilmalarini do‘kon tashqarisiga joylashtirishlari taklif qilinadi. Shunda do‘kon ichida keraksiz issiqlik hosil bo‘lmaydi va do‘konni sovituvchi konditsionerlar ortiqcha elektr iste’mol qilmaydi;
- har bir xonadon, uy, ofis va do‘kon shu muhofaza choralarini ko‘rsa, o‘sha hududdagi transformator yuklamasi ortishi ehtimoli kamayadi.
Bildirilishicha, Energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi barcha tashkilotlar tomonidan havo harorati keskin ko‘tarilishi kunlarida iste’molchilarga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.
Ushbu kunlarda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiyalarda zaxira energobloklari ishga qo‘shiladi. Elektr energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish maqsadida joriy yil boshidan 2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari va 330 dan ortiq transformator punktlari yangilangan.
“Ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda, energiya resurslaridan oqilona foydalanish natijasida elektr qurilmalari uzoq muddatga ishdan chiqishining oldi olgan bo‘lamiz hamda energiya resurslari barcha iste’molchilarga barqaror yetib borishiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
Shu o‘rinda, iste’molchilardan elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki Telegram’dagi (@HET_admin) administratorga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
09:13 / 25.04.2026
Toshkentda elektr korxonasi muhandislari 8 ming dollar bilan ushlandi
17:58 / 17.03.2026