Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok 20 iyul, çorşanba kuni DW naşriga bergan intervyusida Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning Ukrainadagi uruşning geografik kengayişi haqidagi bayonotini «Rossiya tomonining şunçaki yangi propagandasi», deb atadi. «Rossiya har safar yangi argumentlardan foydalanadi. Endi ular bu harbiy yordam bilan boğliq deb da’vo qilmoqda. Lekin avvalroq Kiyev va Ukrainaning boşqa qismlariga hujum qilişgan», - deya esladi Berbok.
Uning ta’kidlaşiça, Ğarb nafaqat Ukrainani qöllab-quvvatlab, bu mamlakat bilan birdamligini bildiryapti, balki unga harbiy yordam körsatişda davom etyapti. Bu NATOga a’zo barça davlatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari, dedi Annalena Berbok. Germaniya taşqi işlar vaziri Germaniya va Niderlandiya şu yoz oxirigaça Ukrainaga Panzerhaubitze 2000 öziyurar gaubitsasi va boşqa qurollar, şuningdek, raketaga qarşi mudofaa tizimlarini yetkazib berişiga umid bildirdi.
Annalena Berbok Germaniya hukumati tomonidan Xitoyga nisbatan işlab çiqilgan strategiya haqida gapirar ekan, Berlin hozirda «tizimli raqib» sifatida körayotgan mamlakatga qaramligini «juda ehtiyotkorlik bilan» örganayotganini ta’kidladi.
«Bu tizimli raqib bölgani uçun biz Rossiyaga qaramligimiz misolida bölgani kabi heç kim şantaj qila olmasligini aniq aytişimiz kerak. Bu bizning Xitoyga nisbatan yangi strategiyamizning asosi: birga işlaşimiz mumkin bölgan joyda birga işlaş, lekin muhim infratuzilma sohasida mustaqillik böyiça suveren Yevropa strategiyasiga ega böliş, avvalambor, bizning taşqi siyosatimizga muvofiq», — dedi Germaniya taşqi işlar vaziri.
Avvalroq Sergey Lavrov Ukrainadagi uruş «geografiyasi» kengaytirilganini ma’lum qilgandi. «Hozir geografiya boşqaça. Endi bu Xerson oblasti, Zaporojye oblasti va boşqa bir qator hududlar, bu jarayon davom etmoqda», - dedi Lavrov. Şu bilan birga, u Ğarb Kiyevni uzoq masofaga uçuvçi qurollar bilan ta’minlasa, Ukrainadagi uruşning «geografik maqsadlari» kengayib borişi bilan tahdid qilgan.
Iyun oyi oxirida Germaniya hukumati Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar röyxatini e’lon qildi. Unga köra, mart oyining oxiridan boşlab Germaniya Kiyevga asosan minalar, portlovçi qurilmalar va qöl granatalarini topşirgan. Iyun oyida Ukraina Germaniyadan yettita tankka qarşi gaubitsa olgan, ular dastlab may oyi boşida yetkazib berilişi va’da qilingan edi.
Birinçi 15 ta Gepard öziyurar zenit qurollari Kiyevga aprel oyi boşida va’da qilingandi, u iyul oyining oxirida, qolganlari - avgust oyining oxirida kelişi kerak. Iyun oyi boşida Germaniya Ukrainaga törtta Mars II yalpi öt oçiş reaktiv tizimini (YaÖRT) yetkazib berişga tayyorligi ham xabar qilingan edi. Keyinçalik Germaniya Mudofaa vazirligi faqat uçta bunday tizimni taqdim etişi mumkinligini bildirdi.













