Markaziy Osiyo davlatlarida sodir bölayotgan sönggi voqealar turli kuçlarning mintaqadagi vaziyatni beqarorlaştiriş rejalarini hamon amalga oşirayotganidan dalolat bermoqda. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bugun, 21 iyul kuni Çölponotada bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uçraşuvida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Markaziy Osiyo jahon davlatlari uçun muhim mintaqa bölib qolmoqda va öz taraqqiyotining murakkab davrini boşdan keçirmoqda, deb xabar beradi AKIpress.

«Dunyodagi vaziyat tez özgarmoqda, sovuq uruşning qaynoq fazaga ötişi bilan global öyinçilar örtasidagi raqobat va qarama-qarşilik kuçaymoqda. Global geosiyosiy özgarişlar öz jihatini özgartirmoqda, mavjud dunyo tartibi özgartirilmoqda», - dedi Tojikiston prezidenti.

U mavjud çaqiriq va tahdidlarni ma’lum qildi: terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yaroğ savdosi, kiberjinoyatçilik. «Bu masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham çetlab ötmayapti. Mamlakatlarimizda sodir bölayotgan sönggi voqealar ma’lum kuçlarning, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimizni norozilik aksiyalariga jalb etişga urinişlari davom etayotganini körsatdi. Şu nuqtayi nazardan, aholimizning ayrim qatlamlari, birinçi navbatda, yoşlarning bilimi yetişmasligi turli terroristik va ekstremistik guruhlar tomonidan öz safini töldirişda qöllanilayotgani yaqqol közga taşlanadi», — dedi u. 

Eng jiddiy muammo, Rahmonning fikriça, Markaziy Osiyoda radikalizmning öta buzğunçi mafkurasini tarğib qilişdir. 

«Mudrab yotgan yaşirin bölinmalar har qanday vaqtda, şu jumladan faol taşqi yordam bilan ham özini namoyon qilişi mumkin. Oxirgi voqealar şuni körsatdiki, radikal ekstremistlar jamiyatimizning har qanday norozilik salohiyatidan öz ğarazli maqsadlarida foydalanişga qodir», — dedi u.

Uning sözlariga köra, Tojikiston bu buzğunçi kuçlar xavfsizlikka tahdid solayotganini yaxşi biladi. 

Imomali Rahmon mintaqada radikal mafkuralarning tarqalişiga qarşi birgalikda kuraşişda aniq mexanizmlarni yaratiş maqsadida maxsus xizmatlar örtasida muvofiqlaştiriş işlarini kuçaytirişni taklif qildi.