Boş prokuraturaning ma’lum qilişiça, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Çust tumanining Yangihayot mahallasida joylaşgan «Abdumalik» masjidi XX asr boşiga mansub bölib, u 2018 yilda Çust tuman hokimining qarori bilan «haşar yöli bilan qurilgan, hozirda qarovsiz qolgan, egasi aniqlanmagan bino» degan asossiz vaj bilan Madaniy meros inspeksiyasi balansidan hokimiyat balansiga ötkaziladi.

Söng tuman hokimligining taşabbusi bilan uşbu masjid binosi auksion savdolari orqali fuqaro T.A.ga 61 mln sömga sotib yuborilgan.
«Tuman hokimining 30.04.2019 yildagi qarori bilan uşbu madaniy meros obektini qayta qurişga noqonuniy ravişda ruxsat beriladi. Oqibatda, fuqaro T.A. tomonidan «Abdumalik masjidi»ning 61,1 kv metr şift qismining qaytadan ta’mirlanib, tusi özgartirilgani natijasida unga 806,5 mln söm jiddiy zarar yetkazilgan», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Hozirda Çust tuman hokimligi mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












