Rossiya Konstitutsiyaviy sudi 20 iyul, çorşanba kuni da’vo muddati tugaganidan keyin jinoiy işlarni muddatsiz tekşirişni taqiqlovçi qaror qabul qildi. Tegişli hujjat Konstitutsiyaviy sudning rasmiy saytida e’lon qilingan. «Heç kim normativ çegaralar bilan çeklanmagan muddatda jinoiy javobgarlikka tortiş tahdidi ostida bölmasligi kerak, sodir etilgan qilmişning oğirligi va yönalişiga boğliq bölgan kamdan-kam holatlar bundan mustasno», — deyiladi qarorda.

Bunga qadar Rossiyada da’vo muddati tugaganligi sababli jinoiy ta’qibni tugatiş faqat gumon qilinuvçi yoki ayblanuvçining roziligi bilan mumkin edi. Qonunda qöşimça tergov uçun heç qanday muddat belgilanmagan. Yangi qarorga köra, da’vo muddati ötgan kundan e’tiboran jinoiy işlarni bir yildan ortiq tergov qiliş mumkin emas. 

Hujjatda qayd etilişiça, qilmiş jinoiylik belgisini yöqotmasligiga qaramay, da’vo muddati ötganligi munosabati bilan jazo uçun asos olib taşlanadi. Şuning uçun qonunni buzgan şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Farmon rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.