Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş asosida yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş muhokama qilindi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Çölponota şahrida ötayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uçraşuvi doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş asosida yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Savdo, sanoat, qişloq xöjaligi, energetika, transport va logistika sohalarida qöşma loyihalarni ilgari suriş hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Özbekiston va Tojikiston prezidentlari dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almaşdi.












