Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya prezidenti Mattarella parlamentni tarqatib yubordi
Parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorga respublikadagi siyosiy vaziyat sabab bo‘ldi, deya ma’lum qildi Serjio Mattarella teleefirda. Italiyaning oliy qonun chiqaruvchi organiga muddatidan oldin saylovlar 25 sentabrda bo‘lib o‘tadi.
Italiya prezidenti Serjio Mattarella 21 iyul, payshanba kuni mamlakat parlamentini tarqatib yubordi. Bunday qarorga respublikadagi siyosiy vaziyat sabab bo‘ldi, deya ma’lum qildi davlat rahbari televideniye efirida. Muddatidan oldin saylovlar 25 sentabrda bo‘lib o‘tadi.
Undan bir necha soat oldin Mattarella bosh vazir Mario Dragi iste’fosini qabul qildi. Dragi parlamentda hukmron koalitsiya partiyalari tomonidan kerakli keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lmagani tufayli o‘z lavozimidan iste’foga chiqish uchun ikkinchi marotaba ariza bergandi.
May oyi o‘rtalarida Italiyada hukmron koalitsiya partiyalari va vazirlar mahkamasi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tufayli hukumat inqirozining kuchayishi boshlandi. 14 iyul kuni «Besh yulduz harakati» partiyasi hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz berishda betaraf qoldi, avvalroq u inflatsiya va energiya narxlarining o‘sishi munosabati bilan Italiya fuqarolari uchun moliyaviy yordamni tasdiqlash uchun ovoz berishdan bosh tortgandi. Bosh vazir bunga javoban uning hukumatini qo‘llab-quvvatlagan milliy birlik koalitsiyasi endi mavjud emasligini, shuning uchun faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yo‘qligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026