AQŞ prezidenti Jo Bayden koronavirus infeksiyasini aniqlaş uçun topşirgan test musbat natija bergan. Bu haqda Oq uy press-relizida ma’lum qilindi.
79 yoşli Bayden töliq vaksinatsiya kursidan ötgan va ikki bor buster-vaksina olgandi. Xabarda aytilişiça, unda kasallikning yengil alomatlari kuzatilmoqda va dori-darmonlar qabul qila boşlagan.
AQŞ prezidenti ihotalangan va öz majburiyatlarini masofadan bajarişda davom etadi. U Oq uy xodimlari bilan telefon orqali muloqot qilmoqda va rejalaştirilgan uçraşuvlarda videoaloqa orqali iştirok etmoqda.
Qayd etilişiça, Bayden koronavirus uçun test natijasi manfiy çiqqanidan keyingina özaro uçraşuvlarga qaytişi mumkin.
- 13-16 iyul kunlari Jo Bayden Yaqin Şarqqa taşrif buyurgandi. Turne doirasida u Isroil va Saudiya Arabistoni hukumatlari rahbarlari bilan uçraşgandi. 19 iyul kuni AQŞ prezidenti va uning rafiqasi Jill Bayden Ukrainaning birinçi xonimi Yelena Zelenskaya bilan uçraşgan.













