Korzinka — boy tarixga ega bölgan hamda faol ösiş va rivojlanişda davom etayotgan Özbekistondagi yirik supermarketlar tarmoği. Sönggi yarim yillikda kompaniya mingdan ortiq odamlarni işga qabul qildi, kompaniya xodimlari soni esa 6,3 mingni taşkil qiladi. Kompaniya xodimlar işdan qoniqiş darajasini örganiş böyiça doimiy tadqiqotlar olib boradi. Joriy yilda sörovnoma iştirokçilari Korzinkada işlaşning 7 afzallik jihatlarini keltirib ötdilar.

Korzinka birinçi ish kunidanoq rasmiy işga qabul qiladi.

Dildora, dökon boşqaruvçisi

Kollejda öqib yurgan vaqtlarimda, men öqişdan keyin işga borardim, albatta işim rasmiy emas edi. U vaqtda heç kim işim va oyligimga kafolat bermas, ish jadvalim esa doimiy tartibga keltirilmagan edi. Meni istalgan vaqt işga çaqirişlari, dam oliş kunlarini bekor qilişlari yoki oylik ish haqimni uşlab qolişlari mumkin edi. Yana sotuvçi-konsultant bölib ham işlaganman. Unda soatlab köçada turiş va mahsulotlarni ötgan-ketganlarga taklif etişim talab qilinardi. Men uçun heç qanday ish şaroitlari yaratilmagan edi – hatto stul yoki soyada turiş ham. Keyin esa xaridorlar orasida sörovnoma ötkazadigan işga ötdim, albatta bu safar ham norasmiy. U yerda işçining salomatligi, köçada qanday ob-havoligi rahbariyatni umuman qiziqtirmasdi – asosiysi – belgilangan hisobdagi odamlarni sörovnomadan ötkaziş. Yomğirda ham, qorda ham, yuqori haroratda ham işlardim, aks holda rahbariyat işdan böşatiş bilan qörqitardi.

Bugun öşa vaqtlardagi işim bilan soliştirsa, arzigulik taraflari talaygina. Rasmiy işga joylaşganda xodim yuqoridagiga öxşaş holatlardan qonun bilan himoyalanadi. Korzinkada faqatgina mehnat şartnomasi tuzilgandan sönggina işga kirişiladi. Bu yerda ish jadvali aniq belgilangan, smenalar me’yorlaştirilgan, xodimlar va ularning qonuniy haq-huquqlari hurmat qilinadi. Qulay va xavfsiz ish şaroitlari – şuningdek, şubhasiz, katta ustunlik. Pandemiya davrini esga oladigan bölsak: Korzinka bizni transport, qöşimça imtiyozlar bilan ta’minladi, salomatligimiz haqida ğamxörlik qildi va har qanday şaroitda qöllab-quvvatladi.

Qiziqarli fakt
Birinçi kundan rasmiy işga joylaşiş — avvalo işçi uçun kafolat. Bu degani, sizni sinov muddati davomida tölovsiz qoldirişmaydi, sinov muddati davomiyligi esa 3 oydan oşmaydi. U mehnat stajiga kiritiladi, siz esa qonunçilikda örnatilgan barça huquqlaringizdan foydalana olasiz (Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 84–87-moddalar).