Xalq ta’lim vazirligi xabariga köra, yangi öquv yilida respublika umumiy örta ta’lim maktablari 1-sinfiga 700 mingdan ortiq bolalarni qabul qiliş rejalaştirilgan. Bugungi kunga qadar 530 ming nafardan ortiq öquvçi 1-sinfga qabul qilindi.
Ota-onalarga qulaylik yaratiş va qabul jarayonlarini tartibli taşkil etiş maqsadida 1-sinfga qabul 2 bosqiçda, ya’ni 31 iyulga qadar mahalliy hokimlik qarorlari bilan biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1 avgustdan söng esa mikrohududdan taşqari hududlar böyiça amalga oşirilişi belgilangan.
Maktabga qabul Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazidagi jami 25 ta şahar va tumanlardagi 816 ta umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron şaklda (my.maktab.uz), qolgan hududlarda esa belgilangan tartibda an’anaviy şaklda, bevosita maktabda amalga oşirilmoqda.
1-sinfga qabul jarayoni bilan boğliq ota-onalar murojaatlarini körib çiqiş uçun Xalq ta’limi vazirligida Call-markaz taşkil etilgan va unga şu kunga qadar 7 mingga yaqin murojaatlar kelib tuşgan.
Ota-onalar "Ta’lim töğrisida"gi qonun talabiga muvofiq, 1-sinfga ular 7 yoşga töladigan yilda qabul qilinişi hamda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollari bilan vazirlik Sall-markazi - 71-203-07-04 ga qönğiroq qilib, murojaat etişi mumkin.











