Özbekiston va Qirğiziston örtasida qirğizistonlik harbiy xizmatçilarning Özbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olişini taşkillaştiriş borasida bitim imzolandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Mazkur bitim, 22 iyul kuni Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelgan Qirğiziston Qurolli Kuçlar Boş ştab boşliği general-mayor Erlis Terdikbayev va Özbekiston mudofaa vazirining birinçi örinbosari – Qurolli Kuçlar Boş ştab boşliği general-mayor Şuhrat Xolmuhammedovlar tomonidan imzolangan.

Şuningdek, uçraşuvda Özbekiston va Qirğiz Respublikasi örtasida örnatilgan döstona munosabatlar yanada kengaytirilişiga işonç bildirildi.
Qirğiziston Qurolli Kuçlar Boş ştab boşliği Özbekiston Mudofaa sanoati davlat qömitasiga qaraşli korxona va Çirçiq aviatsiya ta’mirlaş zavodiga ham taşrif buyurgan.












