«Şimoliy oqim» gaz quvuri uçun Siemens turbinasi Rossiya gaz yetkazib berişni kamaytirgani tufayli Germaniyada qolib ketdi, çunki Moskva uni qaytarişga haligaça rasman ruxsat bermagan, deb xabar qildi Reuters 21 iyul, payşanba kuni vaziyatdan xabardor bölgan ikki suhbatdoşga tayangan holda.
Ulardan birining ma’lumotiga köra, «Portovaya» kompressor stansiyasi uçun turbinani 17 iyul kuni Challenge Group logistika kompaniyasi Kelnga jönatgan. Agentlik manbalari söziga köra, turbinaning «Gazprom»ga qaçon qaytarilişi hozirça aniq emas - bu bir neça kundan bir neça haftagaça vaqt talab qilişi mumkin.
Reuters’ga qaraganda, Moskva turbinani aynan qayerda va qaysi bojxona punkti orqali olib ötiş kerakligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim etmagan. Siemens konserni uni imkon qadar tezroq foydalaniş joyiga yetkazib berişni xohlaşini, biroq bu jarayonni töliq nazorat qila olmasligini ma’lum qildi.
Germaniya Iqtisodiyot vazirligi avvalroq turbina bilan boğliq vaziyatni «Gazprom» uçun gaz yetkazib berişni qisqartiriş bahonasi deb atab, Rossiya konsernini bunday bahonadan mahrum qiliş niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Germaniya vitse-kansleri Robert Habekning sözlariga köra, «ba’zida Rossiya turbinani qaytarişni xohlamayotgandek tuyuladi».
Kanada hukumati dastlab Rossiyaga qarşi sanksiyalar tufayli turbinani qaytarişdan boş tortdi. Biroq, nemis tomoni bilan muzokaralardan söng, Kiyevning noroziligiga qaramay, u Germaniyaga jönatildi.
21 iyul kuni «Gazprom» «Şimoliy oqim» orqali gaz yetkazib berişni tikladi. Profilaktika işlaridan söng gaz quvuri orqali kuniga 67 million kubometr gaz yetkazib beriladi. Bu ta’mirlaş boşlanişidan oldingi yetkazib beriş hajmiga töğri keladi, lekin loyiha quvvatining atigi 40 foizini taşkil qiladi. Iyun oyida sodir bölgan yetkazib beriş hajmining kamayişi Rossiya tomonidan turbinaning qaytarilmayotgani bilan izohlangandi.











