Hukumatning “Avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş hamda ularni imtihondan ötkaziş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda yöqotilgan haydovçilik guvohnomasini qayta tiklaş uçun imtihon topşiriş tizimi bekor qilindi.
Şu paytgaça yöqolgan va transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilingan guvohnomalarni haydovçilar imtihon topşirib, uning natijalariga qarab olar edi. Hukumat qarori bilan şu tartib bekor qilinmoqda.
“Yöqotilgan milliy haydovçilik guvohnomasi (eski namunadagi haydovçilik guvohnomasi va uning taloni)ning dublikati transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilgan haydovçilik guvohnomalari ma’lumotlar bazasida tekşirilgandan söng imtihonlarsiz beriladi”, deyiladi hujjat matnida.
2023 yil 1 yanvargaça Yöl harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlaştirilgan Yagona axborot tizimi işga tuşiriladi.
2022 yil 1 noyabrdan haydovçilik uçun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi şakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Haydovçilarni tayyorlaş va imtihondan ötkaziş tizimi takomillaştiriladi - Hukumat qarori












