1900 sömdan 2850 sömgaça. Metan qimmatligi bilan nega heç kimning işi yöq?
|02:06 / 23.07.202280 71210 min
Kun.uz AGTKSlarga 1000 sömdan tarqatilayotgan metan gaz respublika böylab qançadan sotilayotganini aniqladi. Tadbirkor “zapravkaçi”lar 1 kub metr gazni ustiga 1800 sömgaça qöyib pullamoqdalar.
Xalqimizda “ketmonni dehqon çopadi, huzurini savdogar köradi” degan naql bor. Ayni kunlarda mamlakatdagi “gaz-zapravka”larda metan gazni sotiş bilan şuğullanayotgan tadbirkorlarni şu naqldagi savdogar desak böladi. Bunda dehqon rolini davlat bajarmoqda. Gap nima haqida ketayotgani haqida maqolamiz davomida bilib olasiz.
Oşgan narx tuşmaydi
Şu yilning 15 iyulidan yuridik şaxslar uçun elektr energiyasi va gaz narxining oşirilişi e’lon qilinişi ortidan yoqilği quyiş şoxobçalarida metan narxi 3000−3100 sömgaça oşirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energoresurslar narxi oşişi közda tutilgan hukumat qarori ijrosi keçiktirilgaç avtomobillarga sotilayotgan gaz narxi özgarişsiz qolgandi.
Biroq şunga qaramay Özbekistonda eng ommabop avtomobil yoqilğisi hisoblanadigan metangaz respublika miqyosida bir xilda yoki arzon sotilyapti deb bölmaydi.
Töğri, hududlarning uzoq-yaqinligiga qarab logistika xarajatlari turliça bölişi turgan gap. Biroq suriştiruvimiz territorial jihatdan yonma-yon, logistika jihatdan bir-biridan u qadar uzoq bölmagan masofada joylaşgan viloyatlarda sotilayotgan metan narxining keskin farq qilişi muammo sababini boşqa joydan izlaş kerakligini körsatmoqda.
Eng qimmat metan Namanganda
Andijon şahridagi gaz quyiş şoxobçasida metan gaz narxi. Foto: Kun.uz
Sözimiz quruq bölmasin, hududlar misolida vaziyatni tahlil qilib körsak. Kun.uz muxbirlari töplagan hamda Facebook'da ötkazilgan sörovda qatnaşgan internet foydalanuvçilari bergan ma’lumotlarga köra, eng arzon metan gaz Andijonda sotilmoqda. Viloyatning Qörğontepa tumanida 1 m³ metan gaz 1900 sömdan, Andijon tumanidagi gaz quyiş şoxobçalaridan birida esa 1990 sömdan, boşqa ayrim “zapravka”larda 2200 sömdan sotilmoqda.
Viloyatda metan gazning örtaça narxi 2300 sömni taşkil etadi. Andijon şahri, Asaka, Oltinköl tumanlaridagi aksariyat “zapravka”larda şu narxda gaz quydira olasiz. Viloyat markazidagi ayrim gaz quyiş şoxobçalarida metan 2500 sömgaça sotilmoqda. Eng qimmat narx Baliqçi (
sömdan) va Paxtaobod (2800 söm) tumanlarida qayd etildi.
Andijon şahridagi gaz quyiş şoxobçasida metan gaz narxi. Foto: Kun.uz
Körib turganingizdek, narxlar rang-barang. Aslida haqiqiy raqobat bor joyda ana şunday bölişi, qiymat talab va taklifdan kelib çiqib belgilanişi kerak. Biroq afsuski, Namangan viloyatining aksariyat tuman va şaharlarida metan bir xil narxda – 2800 sömdan sotilmoqda.
Çust, Uçqörğon, Çortoq, Pop, Namangan tumani va şahrida yaşovçi yurtdoşlarimizning aytişiça, “zapravka”lardan metan gazni 2800 sömdan kamiga topiş muşkul. Faqat Çortoq tumanidagi ikkita şoxobçada metan 2600 sömdan, Namangan şahridagi bitta nuqtada 2700 sömdan sotilayotgani aytilmoqda.
Namangan şahridagi gaz quyiş şoxobçasida metan gaz narxi. Foto: Kun.uz
“Aynan şu Namangan viloyati böyiça narxni nazorat qiladigan taşkilot yöq şekilli. BeZ bölib 2800 sömdan sotaverişadi. Yoki şu narxni nazorat qiladigan taşkilotga qanaqadir manfaatlar bor?”, deb yozadi çustlik Muzaffar Madaminov.
Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, Namangandagi AGTKSlarda narx viloyat rahbarlaridan biriga qarindoşligi aytiladigan “qudrat”li şaxsning nazoratida şakllantiriladi. Şu sababli narxlar qariyb butun viloyat böyiça bir xilda belgilangan va iste’molçilarda tanlov imkoniyati deyarli yöq.
Farğona şahrida joylaşgan metan gaz quyiş şoxobçasi. Foto: Kun.uz
Metan Farğona–Vodil yölida 2300 söm, Bağdod, Danğara tumanlari, Qöqon va Farğona şaharlarida 2400 sömdan sotilmoqda. Şu bilan birga, Qöqonda uşbu yoqilğini 2500, Farğonada 2800 sömgaça sotayotgan stansiyalar bor. Respondentlarga köra, metan Marğilonda 2600-2800, Buvaydada 2700, Yozyovonda 2700-2800 sömgaça sotilyapti.
Agar Namanganda metan gaz narxi yuqoriligi logistika va boşqa xarajatlar bilan boğliq bölsa, bu vodiydagi viloyatlarga ham ta’sir qilişi kerak edi, nazarimizda. Çunki ular örtasidagi masofa u qadar katta emas, vodiydagi bir viloyatdan ikkinçisiga boriş uçun minglab kilometr yöl yurilmaydi.
Farğona şahridagi gaz quyiş şoxobçasida metan gaz narxi. Foto: Kun.uz
“Şoxobçalarga 1000 sömdan tarqatiladi”
“Öztransgaz” hamda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlarining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, respublika miqyosida 1200 dan ziyod gaz quyiş şoxobçalari faoliyat yuritmoqda. Ular gazni “Öztransgaz” va “Hududgazta’minot” kompaniyalaridan sotib olişadi.
“Şundan qariyb 350 tasiga tabiiy gazni “Öztransgaz” AJ yetkazib beradi. Qolganini “Hududgazta’minot” AJ yetkazib beradi. Misol uçun, Toşkent şahrida “Öztransgaz” AJga tegişli birorta ham “zapravka” yöq. Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan gaz tariflari böyiça “Öztransgaz” Özbekistonning barça hududlaridagi özi tabiiy gaz yetkazib beruvçi şoxobçalarga ming sömdan, ya’ni bir xil narxda sotadi”, – deyiladi kompaniya matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda.
“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati ham özi gaz yetkazib beradigan “zapravka”larga gazning 1 kubometrini 1000 sömdan sotişini, mahsulot butun respublika böyiça bir xil narxda yetkazib berilişini tasdiqladi.
Samarqanddagi “zapravka”da metan-gaz narxi
Tasavvur qiling, 1000 sömdan sotib olinayotgan gaz Qörğontepa va Andijon tumanlarida 1900 sömdan, Namanganning aksariyat hududida 2800 sömdan sotilmoqda. Kimdir transport va boşqa xarajatlari bilan birga har kubometr gaz ustiga 900 söm qöyib sotayotgan va bundan qanoat hosil qilayotgan bölsa, beş qölini oğziga tiqişga odatlangan kimlardir qariyb ikki barobar foydada.
Xöş, respublika iste’molçilarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlaş, şuningdek transportirovka qiliş, tranzit va eksport qilişga mas’ul bölgan “Öztransgaz” hamda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari metan narxidagi bunday katta tafovutning oldini olişga, tadbirkorlarni insofga çaqirib qöyişga vakolatlimi? Afsuski, yöq.
Har ikki kompaniya avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalari tadbirkorlik sub’yekti hisoblangani uçun ularning çakana narxni şakllantirişiga aralaşa olmasligi, gaz narxini har bir stansiya özi belgilaşini bildirdi. “Öztransgaz” AJ matbuot xizmati bugungi kunda kompaniya tabiiy gaz yetkazib beruvçi şoxobçalarda 1 m³ metan gaz 2300-2500 sömdan sotilayotganini qöşimça qildi.
Avvalroq Energetika vazirligi ham heç bir davlat taşkiloti gaz zapravkalar faoliyatiga ta’sir körsata olmasligini ma’lum qilgandi.
Özbekistonning boşqa hududlaridagi narxlar
Suriştiruvlarimiz eng arzon metan gaz Andijon viloyatining ikki tumanida sotilayotganini körsatgani haqida yuqorida töxtaldik. Eng qimmat narx esa Toşkent şahrida qayd etildi – 2850 söm. Biroq uşbu yoqilği respublika böyiça eng qimmat sotilayotgan joy ekanini anglatmaydi. Çunki Namangandagidan (2800 söm) farqli ölaroq Toşkentda 2500, 2600, 2700 sömga ham gaz quydiriş mumkin.
Respublika böyiça metan gaz narxi (onlayn-sörov ma’lumotlari asosida). Foto: Kun.uz
Onlayn-sörovda iştirok etgan respondentlar bergan ma’lumotlarga köra, metan Toşkent viloyatida 2300-2800, Jizzaxda 2400, Sirdaryoda 2400-2500, Samarqandda 2400-2700, Surxondaryoda 2400-2700, Navoiyda 2400-2600, Xorazmda 2400-2700, Qoraqalpoğistonda 2500, Buxoroda 2600, Qaşqadaryoda 2700 sömdan sotilmoqda.
Töğri, avtomobillarga quyilayotgan gazning bosimi va sifati ham turliça. Buni haydovçilarning özlari ham ta’kidlab turibdi. Bu endi alohida mavzu. Mavridi kelganda, bunga ham töxtalamiz.
Aytmoqçi bölganimiz, özi şundoğam avtomobil monopoliyasi, işsizlikdan yelkasi yağir bölib ketgan, davlatga boqimanda bölmay özining maşinasi ortidan rözğor tebratayotgan oddiy odamlarning dardini kimdir tinglaşi, manfaatlarini himoya qilişi kerak.
Bozor iqtisodiyoti şaroitida narxlar erkin şakllantirilişi, tadbirkorlarning faoliyatiga aralaşişga yöl qöyilmasligi kerak, albatta. Ammo şunga yaraşa halol raqobat ham ta’minlanişi, bir neçta şoxobçalar oxiri borib bir kişiga taqalişi yoki bir neça tadbirkor özaro til biriktirgan holda narxni sun’iy kötarişga kelişişi kabilarning oldi olinişi şart.
Amalda esa butun bir viloyatdagi AGTKSlar qaysidir amaldor (yoki uning qarindoşi) tomonidan egallab olingani, narxlarni bozor emas, körinmas qöllar belgilayotgani, “olsang şu, olmasang katta köça” qabilida iş tutilayotgani davlatning tiyib turuvçi kuçlari, xususan aksilmonopol va aksilkorrupsion organlar e’tiboridan çetda qolmoqda.
Yuksak minbarlardan qayta-qayta yangrayotgan “Inson qadri uçun” iborasining ijrosi mana şu xalqning haqini tuya qilayotgan sohalarda ham öz ifodasini topişi lozim emasmi? Bu yozganlarimiz köp ming sonli özbekistonliklarning taşvişiga befarq bölmagan birorta mutasaddiga yetib boradi, deb umid qilib qolamiz.
Jamşid Niyozov, jurnalist
Tahririyatdan: Bu “gaz-zapravka”lar va ulardagi narxlar tahliliga bağişlangan ilk maqola. Kun.uz mavzuni örganişda davom etadi va avtomobillarga gaz quyib sotiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarni va boşqa taraflarni ham eşitişga tayyor ekanini ma’lum qiladi.