“Içimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Iste’molçilarning sifatli içimlik suvi bilan ta’minlanişi kafolatlanadi. Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi içimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Har qanday taşkilotlar içimlik suvi ta’minoti taşkiloti sifatida faoliyatni amalga oşirişi mumkin. Içimlik suvi ta’minoti taşkilotlari iste’molçining hayotiga, soğliğiga hamda mol-mulkiga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganlik uçun javobgar böladi.

Iste’molçilar içimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş böyiça xizmatlarning uzluksiz va xavfsiz körsatilişini, şuningdek öz hayoti, soğliği va mol-mulkiga xavf tuğdirmaydigan sifatga va miqdorga ega bölgan içimlik suvi berilişini şartnoma şartlariga muvofiq talab qiliş huquqiga ega.

Içimlik suvi inşootlari suv ta’minoti darajasi böyiça quyidagi toifalarga bölinadi: І toifa – xizmat körsatiladigan aholi soni 50 mingdan ortiq; ІІ toifa – xizmat körsatiladigan aholi soni 5 mingdan 50 minggaça; ІІІ toifa – xizmat körsatiladigan aholi soni 5 minggaça.

Içimlik suvi epidemiologik, radiatsiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsiz bölişi kerak. Içimlik suvi sifatining tahlili içimlik suvi ta’minoti taşkilotlarining laboratoriyalarida amalga oşiriladi. 

Içimlik suvi quyidagi hollarda transportda yetkazib beriladi: içimlik suvi ta’minoti taşkilotining tarmoqlari mavjud bölmagan hududlarga; içimlik suvi quvurlaridagi va içimlik suvi ta’minoti tarmoqlarining boşqa inşootlaridagi avariyalar çoğida; içimlik suvi ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlaş-tiklaş işlari amalga oşirilayotganda; favqulodda vaziyatlarda.

Içimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş böyiça xizmatlar uçun tölovlar xalq deputatlari viloyatlar kengaşlari tomonidan tasdiqlanadi va OAVda e’lon qilingandan keyin 15 kundan söng kuçga kiradi.