Moskva va Kiyev Ukrainadan ğalla olib ketayotgan kemalarga hujum qilmaslik töğrisida kelişib oldi, deb ma’lum qildi BMT vakili.

"Har ikki tomon Ukraina portlaridan ketayotgan, Qora dengizga çiqayotgan kemalarga hujum qilmaslikka kelişib oldi. Şu tarzda xavfsiz yölak ta’minlanadi. Bunga amal qilinişini Istanbuldagi muvofiqlaştiriş markazi kuzatib boradi", - dedi u. 

Uning sözlariga köra, markazda BMT tomonidan ham kuzatuvçi vakil böladi. 

Eslatib ötamiz, 22 iyul kuni Istanbulda Rossiya Ukraina, Turkiya va BMT bilan ğalla eksporti böyiça kelişuv imzoladi. 

Ukraina tomonidan şartnomani mamlakat infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov, Rossiya tomonidan mudofaa vaziri Sergey Şoygu imzoladi.