“Yoşlar daftari”ga kiritilganlarga ayrim yordam turlari körsatiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lumot berdi.

“Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarga quyidagi yordam turlari körsatiladi:

moddiy ahvoli oğir yoşlarga bir martalik moddiy yordam (1,2 mln sömgaça) beriladi;

yoşlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga öqitiş uçun sarflangan xarajatlarning 75 foizigaça qismi (bir oygaça BHM 4, bir oydan ikki oygaça BHM 8, ikki oydan ortiq muddatli öquv kurslari uçun BHM 12 baravaridan köp bölmagan qismi) qoplab beriladi;

tadbirkor yoki özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötgan yoşlarga faoliyatini amalga oşirayotgan noturar joyning 12 oygaça ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq 7,5 mln sömgaça bölgan qismi qoplab beriladi;

respublikadagi professional ta’lim taşkilotlarida öqiyotgan, şuningdek, Özbekistondagi barça oliy ta’lim taşkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va keçki şaklida, magistraturaning kunduzgi yönalişida ta’lim olayotgan öquvçi-talabalarga tölov-kontrakt asosida öqiş böyiça yillik xarajatlari bir qismi qoplab beriladi;

yoşlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni öqitişga ixtisoslaşgan nodavlat ta’lim taşkilotining 3 oy muddatgaça noturar joy ijara xarajatlari uçun 15 mln sömgaça miqdorda qoplab beriladi.