Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan Özbekistonga öqişni köçiriş uçun 129 ball töplaş talab etilişini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinişiça, 2022/2023-öquv yili uçun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar öqişini köçiriş böyiça arizalar my.dtm.uz tizimi orqali qabul qilinadi. Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinçi 1000 ta örindan birini egallagan) oliy ta’lim taşkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdoş ta’lim yönalişlariga köçirişda ta’lim yönalişlari böyiça Davlat test markazi tomonidan test sinovlari ötkaziladi.

Test sinovlari böyiça ötiş ballari har yili 15 iyulga qadar Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi, şuningdek, Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Jumladan, tibbiyot yönalişida bu yil xorijiy yoki nodavlat OTMdan öqişni köçiriş uçun talaba 129 ball töplaşi talab etiladi. Ötiş ballidan past natija töplagan talabalar bakalavriatga qabul qilişdagi tartibga muvofiq, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalar safiga qöşiladi.

Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdoş bölmagan ta’lim yönalişlariga köçirişga ruxsat etilmaydi.