Myanma parlamentining sobiq a’zosi, mamlakatda hip-hop janri pionerlaridan sanalgan 41 yoşli Fio Zeyya Tou hamda 53 yoşli yozuvçi va muxolifatçi faol Çjo Min Yu (Ko Jimmi laqabi bilan tanilgan) qatl etilgan. Ularning ikkisi ham iyun oyidagi apellyatsiyada yutqazişgan. Qatl qilinganlarning yana ikkisi esa Xla Mio Aung va Aung Tura Zau bölgan. Reuters agentligi yozişiça, ularning barçasi «terrorçilik akti» amalga oşirişda ayblangan.

Bu 1980-yillardan buyon - va 2021 yil fevralidagi harbiy töntarişdan keyingi ilk qatl hukmi ijro etilişi böldi, öşanda xunta «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi yetakçisi, demokratik yöl bilan saylangan Aung San Suu Ki hukumatini ağdargandi. Uning özi ham aprel oyida korrupsiyada ayblanib, beş yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

  • 2021 yil fevralida Nobel mukofoti sovrindori Aung San Suu Ki hamda mamlakat saylangan hukumati ağdarilgaç, boşlanib ketgan ommaviy mitinglar, iş taşlaşlar va fuqarolar itoatsizligiga bölgan barça urinişlar harbiylar tomonidan şafqatsizlarça bostirildi. BMT mamlakat böylab şaharlarda namoyişçilarga qarata öq uzilganini qayd etgan. Huquq faollariga köra, rejimning kamida 1756 nafar muxolifi öldirilgan, 13 mingdan ortiq kişi hibsga olingan.

Harbiylarning hisoblaşiça, Aung San Suu Ki partiyasi işonçli ğalabaga erişgan saylov natijalari soxtalaştirilgandi. Saylov komissiyasi bunday ayblovlarni inkor etgan.

Ko Jimmi «88-avlod» talabalar guruhi faxriysi bölgan - demokratiya tarafdori bölgan bu guruh 1988 yildayoq harbiy xuntaga qarşi çiqqandi. U bir neça yilni qamoqda ötkazgan, 2012 yilda ozodlikka çiqqan va ötgan yil oktyabrida kvartirada qurol va öq-dorilar saqlaşda ayblanib hibsga olingandi.

Muxolifatçi Ko Jimmi 2012 yilda qamoqdan çiqqandi. Foto: AP Photo/File

Fio Zeyya Tou — nafaqat sobiq reper, balki «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasidan parlament deputati hamda Aung San Suu Kining yaqin safdoşlaridan bölgan. Hip-hop ijroçisi sifatida u harbiylarga qarşi sözlari tufayli tez-tez xunta rahbarlarining ğazabini qözğab turardi. U noyabr oyida terrorçilik jinoyatlarida ayblanib qölga olingandi.

Fio Zeyya Tou Aung San Suu Kining yaqin safdoşi bölgan. Foto: Reuters

Qolgan ikki mahkum haqida ma’lumotlar kam. Ular xunta xabarçisi bölgan ayolni öldirişda ayblangan.