Reuters agentligi 8-oktabr kuni Pentagon vakiliga tayanib, qatl jonli efirda uzatilişini xabar qildi. Translyatsiyaning tafsilotlari keyinroq eʼlon qilinişi aytilgan.
Reja amalga oşsa, Hasan 1945-yildan buyon AQŞ harbiylari tomonidan otib qatl etilgan birinçi mahkum böladi. AQŞ harbiy tizimida sönggi ölim jazosi esa 1961-yilda ijro etilgan.
Qatlni ommaga körsatişni Pentagon rahbari qöllab-quvvatladi
Hasanga nisbatan ölim jazosini otib qatl etiş usulida ijro qiliş taklifini AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset ilgari surgan. Prezident Donald Tramp bu qarorni maʼqullagan.
Hegset intervyularidan birida hukmni askarlar ijro etişi va odamlar bu jarayonni körişi uçun imkoniyat yaratilişini aytgan. U buni şunday jinoyatlarning oğir oqibatlari borligini körsatiş zarurati bilan izohlagan.
Fort-Xudda nima bölgan edi?
Armiyada psixiatr bölib xizmat qilgan Nidal Hasan 2009-yil 5-noyabrda Fort-Xud bazasida tibbiy körikdan ötiş uçun töplangan qurolsiz odamlarga qarata öq uzgan.
Hujum oqibatida 13 kişi halok bölgan, yana 32 kişi yaralangan. Hasanning özi ham javob öqi natijasida jarohat olgan va şundan buyon oyoqlari falaj bölib qolgan.
U öz harakatlarini Afğonistondagi musulmonlarni Amerika askarlaridan himoya qiliş istagi bilan izohlagan.
Ölim hukmi 2013-yilda çiqarilgan
2013-yilda harbiy sud Hasanni aybdor deb topib, ölim jazosiga hukm qilgan. Sud hayʼati tört soatlik muhokamadan söng qarorni bir ovozdan qabul qilgan.
Hasan sud jarayonida hujumni amalga oşirganini inkor etmagan. U advokatlar xizmatidan voz keçib, özini özi himoya qilgan, ammo foydasiga guvohlar yoki dalillar taqdim etmagan.
Unga qonun talabi böyiça tayinlangan advokatlar Hasan ataylab ölim hukmi çiqarilişiga erişişga uringan bölişi mumkinligini bildirgan.
Şundan buyon u Kanzas ştatidagi harbiy qamoqxonada saqlanmoqda.

















