Xitoyda aholi ösişi sur’atlari sezilarli darajada sekinlaşdi va 2025 yilga borib aholining tabiiy kamayişi boşlanişi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş milliy komissiyasining aholi va oila işlari bölimi rahbari Yan Vençjuan ma’lum qildi. 

Xitoy demograflari yaqin yillarda aholi kamayişi tendensiyasi ustunlik qilişi va bu uzoq vaqt davomida saqlanib turişini taxmin qilmoqda. 

Mamlakatning 29 provinsiyasi va regionlarida 2021 yildagi tuğiliş körsatkiçlari töğrisidagi ma’lumotlarga köra, bir neçta provinsiyada tuğiliş oxirgi ön yillikdagi minimal darajada bölgan. 

Ma’lumot berilişiça, Hunan provinsiyasida tuğiliş oxirgi 60 yilda ilk bor 500 mingtadan kam bölgan. Henan provinsiyasida 1978 yildan beri birinçi marta 800 mingdan kam tuğiliş qayd etilgan. Tszyansi provinsiyasida 1950-yillardan buyon ilk bor tuğiliş 400 mingdan kam bölgan.