Keyingi yillarda individual xususiyatga ega bölgan soliq imtiyozlarini çeklaşga qaratilgan bir qator normalar belgilandi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bölişi mumkin emas.

Soliq kodeksi 75-moddaga köra, ma’muriy islohotlar konsepsiyasida xususiy sektor samarali faoliyat körsatayotgan sohalarda davlat iştirokidagi tijorat taşkilotlarini tuzişga çeklov çoralarini belgilaş va amaldagi korxonalarni qayta taşkil etiş, soğlom raqobat muhitining rivojlanişini çeklayotgan alohida xöjalik yurituvçi sub’yektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferensiyalar beriş amaliyotidan voz keçiş körsatilgan.

Bildirilişiça, 2021 yilda individual xususiyatga ega bölgan 15 ta hujjat böyiça jami 316,2 mlrd sömlik, 2022 yil dastlabki 6 oyi davomida esa 10 ta hujjat böyiça jami 144,8 mlrd sömlik soliq imtiyozi qöllanilgan.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş va ularni doimiy tahlil qilib boriş ustida izçil işlar olib borilmoqda.

Ta’kidlanişiça, har bir soliq imtiyozi hisobini yuritiş va muddatlarini nazorat qiliş imkoniyatini beruvçi E-imtiyoz AAT işga tuşirilgan. Korxona (STIR)ga, QQS böyiça EHFda hamda onlayn-NKM çeklarini şakllantirişda aks etuvçi MXIKlar (50 mingdan ziyod) orqali avtomatik ravişda foydalanilgan imtiyozlar tahlil qilinadi.

Ma’lumotlarga köra, yuridik şaxslar tomonidan 2021 yilda 43,4 trln sömdan, 2022 yil birinçi yarim yilligida 24,6 trln sömdan ziyod soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.