Bitiruvchilar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi DTM tomonidan o‘tkaziladi - qaror loyihasi

Foto: Norma.uz
Prezidentning “Umumta’lim fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari hamda kasb-hunar maktablari umumta’lim fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish hamda oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi;
- bitiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarini hamda ikkitadan to‘rttagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladi;
- test sinovi natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga uch yil muddatga amal qiladigan elektron milliy sertifikat beriladi;
- bitiruvchilarga shahodatnoma (yoki diplom) berishda yakuniy davlat attestatsiyasida bitiruvchilarning majburiy fanlar bo‘yicha test sinovi natijalari inobatga olinadi va shahodatnoma (yoki diplom)da qayd etiladi;
- ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil davomida qoniqarli baho olgan bitiruvchilar test sinoviga qo‘yiladi. Bitiruvchilar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tizimida umumta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan elektron idoralararo axborot almashinuvi orqali Davlat test markazi platformasiga integratsiya qilinadi;
- bitiruvchilar shahodatnoma (diplom) olishlari uchun test sinovi natijasi bo‘yicha majburiy fanlardan to‘planishi lozim bo‘lgan minimal ball Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi;
- test sinovi natijasi bo‘yicha majburiy fanlardan minimal ball va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan hisoblanadi;
- yil davomida test sinovini topshirib umumta’lim fanlaridan sertifikatga ega va uning balli Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan minimal o‘tish balliga mos kelgan bitiruvchilar tegishli fanlar bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod etiladi;
- test sinovlari har yili iyun-iyul oylarida Davlat test markazi tomonidan katta sig‘imli binolarda hamda ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan uzoq hududlardagi binolarda qog‘oz (yoki elektron) shaklda o‘tkaziladi;
- majburiy fandan minimal ball to‘play olmagan, uzrli sababga ko‘ra (kasalligi, oila a’zolarining vafot etgani, xalqaro sport musobaqalarida, olimpiada va ko‘rik tanlovlarda ishtirok etayotgani) test sinovida qatnasha olmagan bitiruvchilarga asoslovchi hujjatlarga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi to‘liq yakunlanganidan ikki hafta o‘tgach ushbu fanlardan qayta test sinovini topshirish huquqi beriladi;
- qayta test sinovi natijalari bo‘yicha yetarli ball to‘play olmagan bitiruvchilar barcha oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tanlovida ishtirok eta olmaydi, ularga ta’lim tashkilotlari tomonidan tegishli ta’limni tugatgani haqida ma’lumotnoma beriladi hamda keyingi yil yakuniy davlat attestatsiyasida qayta test sinovini topshirish huquqi beriladi.
Bunda, oldingi yilda ta’lim tashkilotini tugatgan, lekin yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘ta olmagan bitiruvchilar, yagona interaktiv xizmatlar portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali o‘zi ta’lim olgan ta’lim tashkilotiga yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Bitiruvchilar majburiy hamda mutaxassislik fanlaridan test sinovi natijalari asosida oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda o‘qishga qabul qilinadi.
Mazkur tartib xorijiy fuqarolar va Prezident maktablari bitiruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektromobil yonib ketdi
O‘zbekiston | 10:24
-
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 10:18
-
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi
O‘zbekiston | 09:41
-
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi
Jahon | 09:20
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

11:15 / 25.01.2025
Xavfli obektlardan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

20:43 / 09.11.2024
Informatika fani o‘qituvchilari ham attestatsiya imtihonidan norozi

14:24 / 06.11.2024