Ariana News xabariga köra, 25 iyul kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Vladimir Norov va Afğoniston muvaqqat hukumati taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy Toşkentda maslahatlaşuvlar ötkazdi.
Naşrning yozişiça, Muttaqiy Afğoniston böyiça xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilgani uçun Özbekistonga minnatdorçilik bildirib, ötmişda bu kabi anjumanlar öt oçişni töxtatiş va uruşning tugaşi munosabati bilan ötkazilgan bölsa, bu safar asosiy e’tibor Afğonistonning iqtisodiy rivojlanişiga qaratilayotganini qöşimça qildi.
Bundan taşqari, Muttaqiy Afğonistonda xavfsizlik yaxşi sarmoyaviy imkoniyatlar yaratganini va bir muddat avval Afğoniston va Özbekiston çegarasini buzişga uringan «barça unsurlar» töxtatilganini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, «Afğoniston Islom Amirligi» öz majburiyatlariga qat’iy sodiqdir va heç qaysi guruh yoki şaxsga Afğoniston hududidan uçinçi davlatga qarşi foydalanişiga yöl qöymaydi.
Öz navbatida, Norov Afğonistonda xavfsizlikni mustahkamlaş, Afğoniston yönalişi böyiça Markaziy va Janubiy Osiyo örtasida savdo aloqalarini yölga qöyiş sohasidagi sönggi özgarişlarni olqişlab, Özbekiston prezidenti Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaşga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. Jumladan, Termiz - Mozori-Şarif - Kobul - Peşovar temiryöl liniyasida işlar olib borilmoqda. Norovning sözlariga köra, uşbu loyiha amalga oşirilişi bilan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo bir-biri bilan boğlanadi va Afğoniston iqtisodiyoti ösadi.
Muttaqiy Afğonistonning temiryöl loyihasiga tayyorgarligini qayd etdi. Uning sözlariga köra, Özbekiston va Pokiston bilan muzokaralarda yaxşi yutuqlarga erişildi, endi amaliy işlar boşlanadi.












