Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Afğoniston taşqi işlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vaziri öz telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning yozişiça, suhbat davomida ikki tomonlama kun tartibining rivojlanib borayotgan yönalişlari yuzasidan fikr almaşilgan.
“Xususan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş va ustuvor sohalarda amaliy sa’y-harakatlarni kuçaytirişga alohida e’tibor qaratdik. Şuningdek, barqarorlik, izçil taraqqiyot va özaro farovonlik asosida yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirişga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik”, ”, deb yozdi Saidov.












