28 iyul kuni O‘zbekiston shimoliy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 28 iyul, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-27 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:27
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024