AQŞ vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga taşrifi «yagona Xitoy» tamoyilini buzadi, Pekin Vaşingtondan uşbu taşrifni taşkil etmaslikni talab qiladi, dedi Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefey.

U Pekin mazkur taşrifga bir neça marta qarşi çiqqanini eslatdi. Tanning ta’kidlaşiça, Pelosi AQŞ hukumatidagi uçinçi şaxs hisoblanadi va uning taşrifi «yagona Xitoy» tamoyiliga ziddir. 

«Agar Amerika tomoni öz yölidan qaytmasa, Xitoy harbiylari heç qaçon qöl qovuştirib ötirmaydi hamda şubhasiz, taşqi kuçlarning har qanday aralaşuvi va «Tayvan mustaqilligi» töğrisidagi ayirmaçiliklarning oldini oliş uçun keskin çoralar köradi», — dedi Tan Kefey.

Tayvan 1949 yilda Xitoydan ajralib çiqqanini e’lon qilgan. Pekin orolning mustaqilligini tan olmaydi va uni öz provinsiyasi deb hisoblaydi.

Reuters agentligining xabar berişiça, Pelosi Tayvanga avgust oyida borişni rejalaştirgan.