Polkovnik Amanbay Orinbayev Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vaziri lavozimidan ozod etilgan.
U Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining Ekologiya va Orolböyi hududlarini rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
2016-2017 yillarda Nukus şahar IIB boşliği bölgan Amanbay Orinbayev 2017 yil mayida Qoraqalpoğiston IIV Jinoyat qidiruv boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan, 2019 yilning martidan 2020 yil fevraligaça Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari sifatida faoliyat yuritgan, keyin ikki yil IIV Jamoat tartibini saqlaş xizmati boşliğining birinçi örinbosari bölgan, 2022 yil martida Qoraqalpoğiston içki işlar vaziri etib tayinlangandi.
Bundan avvalroq Qoraqalpoğiston prokurori Farhod Allambergenov işdan olinib, uning örniga Erkaboy Tojiyev tayinlangani xabar qilingandi.









