Foto: Boş prokuratura huzuridagi departament

Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, departamentning Çirçiq şahar bölimi tomonidan, Çirçiq şahar dehqon bozori atrofida valuta savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxs 3,5 ming dollarni 38,8 million sömga sotgan vaqtida uşlanib, uning yonidan jami 8 735 dollar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Şu kabi, departamentning Surxondaryo viloyat boşqarmasi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Jarqörğon tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, valuta savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxs 3 ming dollarni 33,4 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departament hamda DXX Toyloq tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda esa valuta savdosi bilan şuğullanib kelgan D.M. 3 ming dollarni 33 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.