2021 yil davomida Özbekistondagi örtaça oylik nominal iş haqi 2 mln 662 ming söm bölgan. Bu haqda Statistika qömitasi ma’lum qildi.

Unga köra, 2,7 mln sömni taşkil etgan mazkur örtaça oylikni hisoblaşda qişloq xöjaligi va kiçik tadbirkorlik sub’yektlari ham hisobga olingan.

Bu ikki toifadagi oyliklar inobatga olinmagan holda yil boşida e’lon qilingan statistikada 2021 yildagi örtaça maoş 3,2 mln söm bölgani ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uçun, qişloq xöjaligi va kiçik tadbirkorlik sub’yektlari yilda bir marta hisobot topşiradi.

Mazkur ikki toifani inobatga olmaganda, 2022 yil yanvar-iyun oylarida örtaça oylik iş haqi 3 mln 540,5 ming sömni taşkil etgan.

Infografika: Statistika qömitasi

Qayd etilişiça, örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi tarkibiga qöşimça tölovlar, mukofot pullari, rağbatlantiruvçi tölovlar, kompensatsiya va işlamagan vaqti uçun tölovlar, şuningdek, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği va kasaba uyuşmasiga ajratmalar kiradi.

Yilning birinçi yarmida hududlar kesimida örtaça iş haqining eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri (5,5 mln söm), Navoiy (4,9 mln söm) va Toşkent (3,7 mln söm) viloyatlarida qayd etilgan.

Eng past körsatkiç esa Samarqand, Farğona va Namangan viloyatlariga töğri kelgan: 2,7 mln sömdan.

Infografika: Statistika qömitasi

Joriy yilning birinçi yarmida sohalar kesimida eng yuqori örtaça oylik iş haqi bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyati sohasiga töğri kelib (9 mln 149 ming 600 söm), ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş darajasi 24,8 foizni taşkil etgan.