Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy qilish xarajati bir qismi qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy qilish xarajatlari bir qismini subsidiya hisobiga qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan issiqxonalarda qo‘llash uchun sotib olingan muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30 foizi, biroq 150 million so‘mgacha bo‘lgan qismi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir marta qoplab beriladi.
Issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy etish maqsadida, xarid qilingan va o‘rnatilgan muqobil energiya qurilmalari qiymati bir qismini qoplash tartibi elektron shaklda “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlar subsidiya olish uchun issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy etish maqsadida xarid qilingan va o‘rnatilgan muqobil energiya qurilmalari qiymati bir qismini qoplashga subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) yoki bevosita “Agrosubsidiya” AT orqali ariza yuboradi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- muqobil energiya qurilmalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma nusxasi va to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
- muqobil energiya qurilmalarining texnik pasporti va muvofiqlik sertifikati;
- muqobil energiya qurilmalarining o‘rnatilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Komissiya besh ish kunida o‘rnatilgan qurilmani joyiga chiqqan holda quyidagi ko‘rsatkichlar asosida o‘rganadi:
- talabgorlar tomonidan o‘rnatilgan muqobil energiya qurilmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yangi sotib olinganligi va talabgorga tegishli ekanligi;
- o‘rnatilgan muqobil energiya qurilmalarining energiya jihatdan samaradorlik ko‘rsatkichlariga (pasportiga), muvofiqlik sertifikatiga ega ekanligi, texnik talablariga muvofiqligi hamda belgilangan tartibda o‘rnatilganligi;
- o‘rnatilgan muqobil energiya qurilmalarining issiqxonani isitish uchun talab etiladigan quvvatga egaligi va issiqxona maydonining qurilma quvvatiga muvofiqligi;
- energiya ta’minoti korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlarga rioya etilganligi;
- issiqxona loyiha parametrlariga muvofiq qurilganligi.
Muqobil energiya qurilmalari talablardan kamida bittasiga muvofiq bo‘lmasa komissiya subsidiya ajratish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa qiladi va bu haqida talabgorga xabar beradi.
Muqobil energiya qurilmalari talablarga muvofiq bo‘lsa komissiya subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa qiladi hamda xulosa va talabgor tomonidan komissiyaga taqdim etilgan hujjatlarni Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etadi, shuningdek, bu haqida talabgorga xabar beradi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
19:49 / 02.07.2026