Bugungi kunda barça davlat organlari va taşkilotlarida prezident hujjatlari ijrosini nazorat qiliş, nazorat kartotekalarini yuritiş va hisobotlarni şakllantiriş Ijro.gov.uz tizimida amalga oşirilmoqda.
Adliya vazirligi Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qiliş boşqarmasi boşliği Nö’mon Muhammadiyevning aytişiça, 2022 yilning birinçi yarmida 313 ta hujjat (şundan 36 tasi qonun, 46 tasi farmon, 172 tasi qaror, 9 tasi farmoyiş va 50 tasi bayon)dagi 16 599 ta topşiriq Ijro.gov.uz tizimida röyxatga olinib, ijroga qaratilgan.
“Ijro.gov.uz tizimi joriy etilişi natijasida ortiqça qoğozbozliklarning oldi olindi, topşiriqlar mas’ul ijroçilarga tezkor yetkazilib, ularning ijrosi öz vaqtida va töğri taşkil etilmoqda. Şuningdek, uzoq vaqtlar davomida bajarilmasdan kelinayotgan topşiriqlarning bajarilişi ta’minlanib, bu kabi salbiy holatlar keskin kamayişiga erişildi.
Joriy yilning 6 oyida ijro intizomi buzilişiga yöl qöygan jami 12 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Şundan 5 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bölsa, 6 nafari hayfsan, 1 nafariga esa jarima qöllandi”, dedi Nö’mon Muhammadiyev 27 iyul kungi matbuot anjumanida.

Adliya mulozimining qöşimça qilişiça, davlat rahbarining 15 ta sohadagi topşiriqlari ijrosi içki iş rejalarga asosan monitoring va tahlil qilinib, natijasi böyiça Prezident administratsiyasiga tahliliy axborot hamda ma’lumotlar kiritilgan.
Şu bilan birga, tahlil natijalari böyiça aniqlangan qonunbuzilişi holatlarini bartaraf qiliş hamda kelgusida bu kabi holatlar takroran sodir etilişining oldini oliş yuzasidan Moliya vazirligi, Quriliş vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat soliq qömitasi va boşqa idoralarga 10 dan ortiq taqdimnoma kiritilgan.
Avvalroq adliya vazirining maslahatçisi Şahnoza Soatova ijro intizomi tizimi qanday işlaşini quyidagiça tuşuntirgan edi












