Moskvaning Taganskiy tumani sudi Meta korporatsiyasiga tegişli WhatsApp LLC’ni WhatsApp messenjerining rossiyalik foydalanuvçilari ma’lumotlarini mahalliylaştirişni qayta rad etgani uçun 18 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. 28 iyul, payşanba kuni Amerika kompaniyasi RF MJTKning 13.11-moddasi 9-qismi böyiça aybdor deb topildi. Sud kartotekasida qayd etilişiça, qaror sudya Timur Vaxrameyev tomonidan qabul qilingan. 

Şu kuni Moskvaning Taganskiy tumani sudi Amerikaning Snap Inc kompaniyasini öziga tegişli Snapchat messenjerining rossiyalik foydalanuvçilari ma’lumotlarini mahalliylaştirişdan boş tortgani uçun 1 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. «Snap Inc. RF MHTKning 13.11-moddasi 8-qismi (operator tomonidan RF fuqarolari şaxsiy ma’lumotlarini RF hududida joylaşgan ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda töplaşda şaxsiy ma’lumotlarni hisobga oliş, tizimlaştiriş, saqlaşni ta’minlaş majburiyatini bajarmaslik) böyiça aybdor deb topilsin», - deya qarorni e’lon qilgan sudyaning sözlaridan iqtibos keltiradi «Interfaks».

WhatsApp Inc. kompaniyasi 2014 yil oktyabridan beri Meta korporatsiyasi (avvalgi - Facebook) tarkibiga kiradi. 2022 yil mart oyida Tverskoy sudi RF Boş prokuraturasining talabiga binoan Meta Platforms Inc. faoliyatini Rossiyada taqiqladi. 2021 yil avgustida WhatsApp rossiyalik foydalanuvçilar ma’lumotlarini mahalliylaştirişdan boş tortgani uçun 4 million rubl miqdorida jarimaga tortilgan edi. 

Snapchat - mobil qurilmalar ekranida bir neça soniyaga paydo böladigan va keyin yana yöqolib qoladigan, lekin Snapchat serverida qoladigan fotosuratlar, video hamda xabarlar almaşiş imkonini beruvçi messenjer. Servis, ayniqsa, Yevropa va Şimoliy Amerika yoşlari orasida maşhur. Messenjerning kunlik foydalanuvçilari soni 300 million kişidan oşadi.