O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2022
4180
2 daqiqa o‘qiladi

«Asakabank» AJ va YeTTB xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida bitim imzoladi

Foto: Asakabank

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 apreldagi 5992-sonli «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida kelishuv imzolangan bo‘lib, unga muvofiq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikda «Asakabank» AJ o‘z faoliyatini transformatsiyalashtirish va xususiylashtirish borasida faol ish olib bormoqda.

«Asakabank» AJ va uning aksiyadorlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan shartnomaning asosiy shartlari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • Individual tiklash rejalariga muvofiq samarasiz kreditlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni jadal amalga oshirish; notijorat kreditlar portfelini oshirishga yo‘l qo‘yilmaslik;
  • Institutsional transformatsiya choralarini amalga oshirish orqali bankni tijoratlashtirish;
  • «Asakabank» AJga shartnoma imzolangan kundan boshlab butun faoliyat davri mobaynida jahon ilg‘or tajribalari asosida qaror qabul qilishda to‘liq avtonomiya berish;
  • Kuzatuv Kengashi va tegishli qo‘mitalarning samarali ishlashini ta’minlash uchun korporativ boshqaruv islohotlarini amalga oshirish;
  • YeTTBning ekologik va ijtimoiy siyosatiga mos kelmaydigan Bank kreditlarini moliyalashtirishni to‘xtatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Shartnoma shartlarining bajarilishi va kutilayotganidek YeTTBning aksiyadorlar qatoriga kirishi, shubhasiz, bankka ilg‘or xalqaro tajribaga ega, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, bank faoliyatiga eng oldi jahon amaliyotini joriy etish, uning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, jahon moliya bozorlariga chiqish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid