Oq uy hisobotiga köra, AQŞ prezidenti Jo Bayden Si Jinpingni Qöşma Ştatlar orol maqomini bir tomonlama tartibda özgartirişga qaratilgan har qanday urinişga qat’iyan qarşi ekanidan ogohlantirgan.
Pekin esa Si Jinping muloqotda Baydenni «Yagona Xitoy» prinsipiga amal qilişga çaqirgan va amerikalik prezidentni «kim olov bilan öynaşsa, uning özi kuyib qolişi»dan ogohlantirgan.
«Biz «Tayvan mustaqilligi» separatizmiga qat’iyan qarşimiz va Tayvan mustaqilligi kuçlariga heç qaçon örin qoldirmaymiz. Xitoy hukumati va xalqining «Tayvan masalasi» böyiça pozitsiyasi bir xil va 1,4 mlrd nafardan ortiq xitoyliklar milliy suverenitet va Xitoy hududiy yaxlitligini himoya qilişga qat’iy ahd qilgan. Jamoat fikrini buzib bölmaydi, öt bilan öynaşsangiz, kuyib qolasiz. Amerika tomoni buni yaxşi anglaydi deb umid qilaman»,— deya XXR raisining sözlarini keltiradi CCTV.
XXR Tayvanni yagona Xitoy davlatining isyonkor qismi deb biladi va rasman uni kuç bilan qöşib oliş imkoniyatini istisno etmaydi.
AQŞ bir tomondan «yagona Xitoy» tamoyiliga rioya etadi va Tayvanni mustaqil davlat sifatida tan olmagan, boşqa tomondan demokratik Tayvanni harbiy jihatdan qöllab-quvvatlab keladi.
AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga taşrif buyurişga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar ortidan orol atrofidagi bahslar harorati yana bir bor oşdi.
Davlat departamenti Pelosi bunday rejasi haqida e’lon qilmaganini ma’lum qilgan, şu bilan birga, agar taşrif amalga oşgan taqdirda u qandaydir «jiddiy oqibatlar» keltirib çiqarişini bildirgan.
Ötgan haftada Jo Bayden jurnalistlarga amerikalik harbiylar Pelosining Tayvanga uçmagani ma’qul ekanini aytayotgani haqida gapirdi. Boşqa tomondan, Bayden ma’muriyati vakili Xitoyning bu boradagi bayonoti «vaziyatdan çiqişga yordam bermasligi va keraksizligi» haqida aytdi.
Agar Nensi Pelosining taşrifi baribir amalga oşsa, bu sönggi 25 yillikda ilk amerikalik yuqori martabali mulozimning orolga kelişi böladi. Vakillar palatasi spikeri - Amerika davlatçiligi iyerarxiyasida prezident va vitse-prezidentdan keyingi uçinçi şaxs hisoblanadi.
Oq uy xabariga köra, Bayden va Sining payşanba kungi telefon muloqoti çoğida özaro uçraşuv ötkaziş imkoniyati ham muhokama qilingan.
Ular 2015 yilda uçraşişgan, öşanda Si AQŞga taşrif buyurgandi, ammo öşanda Bayden vitse-prezident edi. Prezident sifatida u hali xitoyliklar yetakçisi bilan uçraşmagan.
BBC’ning AQŞ Davlat departamentidagi korrespondenti Barbara Plettning sözlariga köra, tahlilçilar Bayden ham, Si ham öz mamlakatlari örtasida oçiq ziddiyat boşlanişini istamaydi, ammo hozirgi ritorika darajasida bir-biri bilan uçraşişni ham xohlamaydi, deb hisoblamoqda.
Oq uyning mazkur telefon muloqoti töğrisidagi press-relizida «ixtiloflarni mas’uliyat bilan hal qiliş» hamda AQŞ va Xitoy manfaatlari bir-biriga mos keladigan masalalarda hamkorlik qiliş haqida yozilgan.
Pekin özining nisbatan uzunroq hisobotida ikki mamlakat manfaatlari köp sohalarda bir-biriga mos kelişi aytiladi, ammo ayni paytda Qöşma Ştatlar munosabatlarga putur yetkazişda ayblanib, Bayden ma’muriyati Xitoyni rasman AQŞning raqibi va Amerika siyosati uçun uzoq muddatli muammo deb hisoblaşi eslatiladi.
BBC korrespondenti Rupert Uingfild-Heyzning qayd etişiça, xitoylik rasmiylar bu yil ham, avvalgi yillarda ham olov bilan öynaşiş haqida tahdidli iboralarni qöllaşgan, ammo bu amerikaliklar ularga yoqimsiz bölgan qandaydir harakatga qöl ursa, masalan, Nensi Pelosi Tayvanga uçib kelsa, Xitoy uşbu orolga bostirib kirişga tayyorligini anglatmaydi. Bu bilan xitoyliklar agar AQŞ hozirgidek siyosat yuritişda davom etsa, bu oxir-oqibat oçiq ziddiyatga olib kelişi mumkinligini aytmoqçi böladi.












