Tadbirkorlarga aslida nima kerak: barça uçun teng şaroitmi yo individual imtiyozlar?
|17:04 / 29.07.202230 68514 min
Foto: ShutterstockFoto: Shutterstock
Prezidentning ötgan yilgi tadbirkorlar bilan oçiq muloqotidan söng 20 avgust Özbekistonda tadbirkorlar kuni deb belgilangan edi. Har yili şu sanada prezidentning biznes vakillari bilan oçiq muloqoti ötkaziladi. Xöş, tadbirkorlarimiz nimani talab qilişlari kerak?
Ötgan yilgi oçiq muloqot avvalidan 15 mingdan ziyod murojaat kelib tuşgandi. Raqamlarga e’tibor berilsa, eng köp murojaatlar biznesni moliyalaştiriş, kreditlaş va subsidiyalar (6304 ta), yer ajratiş masalalari böyiça (2701 ta) kelib tuşganiga guvoh böliş mumkin.
Raqamlardan ham körinmoqdaki, aksariyat özbek tadbirkorlari, albatta, birinçi navbatda özlari uçun moliyaviy yordam, arzon kreditlar, imtiyozlar va subsidiyalar söraşadi. Yer oliş osonroq bölişini ham istaşadi.
Ayrim biznes guruhlarning individual imtiyozlarga ega ekani, davlat banklaridan arzon kreditlar olişayotgani, buning oqibatida bozorda nohalol raqobat vujudga kelayotgani ham bunday sörovlarga asos bölmoqda.
Bu — tabiiy. Kimlardir «özgaça», yaxşiroq vaziyatda ekanini körib, qolganlar ham şunaqa kayfiyatga ötişadi, raqobat degan bozor iqtisodiyoti uçun favqulodda muhim bölgan unsurning ahamiyati onglarda zavolga uçraydi. Bu esa... fojia.
Imtiyoz va subsidiyalar bir sohaning boşqasidan ustunlik qilişiga olib kelmasligi kerak. Ayniqsa, ma’lum bir guruh manfaati uçungina xizmat qilmasligi kerak.
Imkoni bölsa, barça subsidiya va imtiyozlar qayta körib çiqilişi, bekor qilinişi, bozor iştirokçilari bölgan biznes vakillariga teng şaroitlarda iş boşlaş imkoniyati taqdim etilişi kerak. Şundagina six ham, kabob ham kuymaydi.
Biznes sohasi vakillari esa prezident bilan uçraşuvda faqatgina özi uçun emas, barça uçun birdek foydali böladigan takliflarni örtaga taşlaşi kerak. Masalan, biznes sohasida qabul qilinadigan qonun, qarorlar oldin çuqur ekspertizadan ötkazilişini talab qiliş kerak.
Mavzuga oid
Tartibga soliş ta’sirining tahlili zarur
Qonunlar, qarorlar, qarorosti me’yorlari qabul qilinaveradi, töldirilaveradi, özgartirilaveradi, muammolar esa aksariyat hollarda yeçilmay qolib ketaveradi.
Tartibga soliş ta’sirining tahlili (TTT) — tartibga soliş muammolarni va maqsadlarni aniqlaş, ortiqça va puxta öylanmagan tartibga solişdan qutuliş uçun uşbu maqsadlarga yetişişning muqobillarini tanlaş jarayonidir. Bunda ilmiy texnikalar, munozaralar va maslahatlaşuvlar jarayonidagi turli fikr-mulohazalar hisobga olinadi, tanlangan muqobillarga ketadigan çiqimlar va foydalar tahlil qilinadi.
Boşqaça qilib aytganda, TTT deganda ma’lum bir davlat organiga (yoki butun boşli hukumatga) adekvat siyosat işlab çiqiş va uni joriy etişga yordam beradigan vositalar, uslublar, usullar, muolajalar töplami tuşuniladi.
TTT Ğarb davlatlarida ötgan asrning 80–90-yillarida ma’muriy islohotlar tölqinida paydo bölgan hamda dasturlar va siyosatlarni baholaşning turli-tuman körinişini ifodalaydi.
TTTni quyidagi 5 ta asosiy savolga aniq javob topilgandagina yakunlangan deb hisoblaş mumkin:
Qaysi muammo hal etildi va u nega paydo böldi?
Agar hukumat heç qanday çora körmasa nima sodir böladi?
Hukumat xatti-harakatlarining oqibatlari nima böladi?
Nega taklif etilgan yeçim eng yaxşisi, u mamlakat uçun eng kam çiqim bilan muammoni hal eta oladimi?
Hukumat me’yoriy-huquqiy hujjatni samarali joriy eta oladimi?
TTT qöşni davlatlarda
Qozoğistonda TTT 2014 yildan buyon tadbirkorlik sohasiga tegişli me’yoriy hujjatlarni işlab çiqişda majburiy jarayon hisoblanadi. Bu qadamdan maqsad — ma’lum bir muammolarni yeçiş, muayyan maqsadlarga yetişiş uçun konkret tartibga soliş vositalarini işga soliş böyiça davlat siyosatini tartibga solişning muqobil yondaşuvlari orqali baholab, ta’sirçanligi va samaradorligini oşirişdan iborat.
Bu tahlil prinsiplari Qozoğiston Tadbirkorlik kodeksida öz aksini topgan. Tahlilning özi tartibga soliş vositasi joriy etilişidan avval va keyin ötkaziladi. Yangilari uçun majburiy şart hisoblanadi. Uni tartibga soluvçi davlat organlari, şuningdek Milliy iqtisodiyot vazirligi, Qozoğiston tadbirkorlarining «Atameken» milliy palatasi siymosida vakolatli organlar, şuningdek Milliy iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayinlanadigan boşqa manfaatdor tomonlar amalga oşirişi mumkin.
Qirğizistonda me’yoriy-huquqiy hujjatlar uçun TTT 2007 yildan buyon amal qiladi. Qirğizlarda TTTni ötkaziş maqsadi, vazifalari va tartibi tuşuntirilgan uslub işlab çiqilgan. Bu tahlil tadbirkorlik faoliyatiga doxil me’yoriy hujjatlar qabul qilinişida zaruriy şart hisoblanadi.
Rasmiylaştiriş formatiga nisbatan ma’lum bir talablar bilan birga asosiy mezonlar qatorida hujjatdagi xulosa va tavsiyalarning asosli ekanligi, xulosa (hisob-kitoblar) çiqarişga asos bölgan axborotlarning işonçliligi, sifatli TTT ötkaziş uçun zarur bölgan tahliliy vositalardan foydalaniş ham bor.
Qirğizistondagi Tartibga soliş ta’siri tahlilini vazirliklar, davlat qömitalari, ma’muriy muassasalar hukumatning tegişli qarorini asos qilib boşqa davlat organlari ötkazişi mumkin.
TTT Özbekistonda
Bizda ham bu borada qadamlar taşlangan, lekin ular hali oxiriga yetkazilmagan. Xususan, prezidentning 2021 yil 15 martdagi «Tartibga soliş ta’sirini baholaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–5025-sonli qarori ham qabul qilingan. Qarorga köra, 2023 yil 1 yanvardan :
xöjalik yurituvçi sub’yektlarga yangi çeklovlar va yangi turdagi ruxsat beriş tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qiliş yoki mavjud çeklov, ruxsat beriş tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor iştirokçilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qiliş;
ruxsat beriş xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni oliş uçun qöşimça talablar va şartlarni joriy etiş;
yuridik şaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oşiriş;
xöjalik yurituvçi sub’yektlarning belgilangan huquqlarini qisqartiriş (kamaytiriş) yoki ularga qöşimça majburiyatlar yoxud qöşimça xarajatlar joriy qiliş;
xöjalik yurituvçi sub’yektlarga har qanday turdagi imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilaş, şuningdek, yangi huquqlar, şu jumladan eksklyuziv huquqlarni beriş bilan boğliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari «Aqlli tartibga soliş» tizimidan ötkazilişi kerak.
2023 yil 1 yanvardan boşlab, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, şuningdek, atrof-muhitga ta’sir körsatuvçi barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga soliş ta’siri baholaşdan ötkazilişi belgilangan.
Özbekistonda şu vaqtgaça tartibga soluvçi biror qaror yoki qonun TTT bilan tekşirib körilmagan. Yöqsa TTT ötkazilganida biznes va iste’molçilar uçun noqulaylik tuğdirayotgan ayrim tösiqlar va çeklovlarga duç kelmagan bölardik.
TTT qanday işlaydi?
Avval TTsiz qabul qilingan misol. AQŞning Kaliforniya ştatida TTT ötkazilmasdan turib, avtomobillarni boşqarişda mobil telefondan foydalanişga taqiq joriy qilingan. (Bu taqiq bizda ham bor, darvoqe). Bir neçta tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga köra, avtomobil boşqarayotib mobil telefondan foydalaniş avariya sodir böliş xavfini oşiradi.
Odamlar rul boşqarayotibmobil telefon orqali sözlaşayotgani ortidan yöllardagi avariyalar soni oşdi, deb topilgan. Faktlar asosida va Kaliforniyada muammoni cinchiklab örganiş oqibatida çora sifatida avtomobilni boşqarişda mobil telefondan foydalaniş taqiqlangan.
Biroq uşbu taqiq amalda işlamagan. Avariyalar soni kamayişiga olib kelmagan.
«Ayrim ma’lumotlar rul boşqarayotib telefonda gaplaşiş avariya xavfini kuçaytirişini ta’kidlayotgandi. Taqiq ortidan biz avariyalar soni kamayişini kutgandik. Lekin bu narsa kuzatilmadi, taqiq joriy etilgaç avariya sodir etilgani tufayli suğurta talabnomalari soni kamaygani ham. Biz avtomobilni boşqariş çoğida uyali telefondan foydalaniş darajasi kamayganini bilib turganimiz e’tiboridan, bu nihoyatda taajjublanarli edi. Ayni paytda biz bu nomutanosiblikning sabablarini aniqlaş uçun ma’lumotlar töplayapmiz», — degan yöl harakati xavfsizligi suğurta instituti prezidenti Adrian Lund.
Endi TTT bilan qabul qilingan yeçimga misol keltiramiz: Uy şaroitida flakonlarda saqlanayotgan turli dori-darmon vositalari yoş bolalar tomonidan iste’mol qilinişi ularning oğir zaharlanişi, hattoki ölimiga sabab bölgan. Çunki dorilar yorqin idişlarda saqlanadi, ularning özi ham turli tuman yorqin ranglarda. Bolalar bu dorilarni konfet yoki şirinlik deb öylaşlari mumkin.
TTTni qöllaşdan közlangan maqsad: 5 yoşgaça bölgan bolalar örtasida dori-darmonlar va tabletkalardan zaharlaniş holatlarini kamaytiriş.
Tartibga soliş tufayli yeçiladigan muammo: dori solingan flakonlarning osongina oçilişi.
Tartibga soluvçi yeçim: qopqoğiyoş bolalar tomonidanoçilişi qiyin bölgan flakonlar işlab çiqarişni yölga qöyiş bölgan.
Soliqlar, soliqlar...
Özbekistonda tadbirkorlik gurkirab ketişiga xalaqit beruvçi tösiqlar va muammolar ham talaygina. Ulardan biri — soliqlarning nihoyatda balandligi.
«Har qanday islohotlar tadbirkorlarga qöşimça imkoniyat yaratişi zarur. Men endi-endi tadbirkorlarni oyoqqa qöyayapman, ularni sindirişga heç kimga ruxsat bermayman. Soliq tizimi qiliç bilan emas, aql bilan, döst bölib, ustoz, kömakçi bölib işlasin. Ayniqsa Toşkent şahrida katta imkoniyatlar bor, ularni yuzaga çiqarişimiz lozim. Biz dunyoqaraşlarni özgartirişimiz kerak», — degan edi prezident Davlat soliq qömitasiga taşrifi çoğida.
Umumiy aylanmasi unçalik katta bölmagan, biroq 1 milliard sömdan ötuvçi işlab çiqariş bilan şuğullanadigan kiçik tadbirkorlik sub’yektlari QQSdan katta aziyat çekişmoqda. Ular QQS hisobotlarini topşiriş, hisob-fakturalarni töğri hisoblab boriş uçun 2-3 nafar buxgalterlar yollaşlariga töğri kelmoqda. Buning natijasida soliqlar yaşirilmoqda. Qöşaloq buxgalteriya yordamida iş yuritişmoqda.
QQS tizimi yirik firma va kompaniyalar uçun foydali, aholi töğridan töğri savdo-sotiq qiladigan individual kiçik tadbirkorlarning kapasini kuydirib yubormoqda.
Şu sababli QQS çegarasi oşirilişi (1 mlrd söm allaqaçon katta pul bölmay qolgan), kiçik tadbirkorlarga aylanmadan soliq oliş tizimini qaytarib beriş kerak. Şundagina ular qörqmasdan işçilarni yollaşadi, savdoni faqat naqd pulda qilib, soliqdan yaşirişdan qoçişmaydi, hisob-kitobda ham adaşişmaydi.
Bu öz-özidan soliq tuşumining oşişiga xizmat qilibgina qolmasdan, sohada korrupsiyaning yöqolişiga ham xizmat qiladi.
Masalan, hozir tadbirkorlar soliqdan yaşirayotganini soliqçilar ham, mahalliy hokimiyat vakillari ham juda yaxşi bilişadi. Şuning uçun kiçik tadbirkorlarga ularning nonini tuya qiladigan xizmatlarni qörqmasdan ayta olişadi. Aylanma mablağida 4–5 foiz soliqni tölab qöygan tadbirkor heç kimning oldida tili qisiq bölmasdan, bosimsiz işlaydi.
Xullas, bunday uçraşuvlarda yirik tadbirkorlar öz manfaati yölida imtiyoz va yengilliklarni sörab olişmoqda. Kiçik tadbirkorlarning oh-u zorlari tepagaça yetib bormayapti.
Yana bir muammo — tovar belgilari va intellektual mulkning himoya qilinmagani
Nega yurtimizga maşhur xorijlik brendlar kirib kelişga şoşilmayapti? Asosiy sabablardan biri — bizda mahsulotning soxtasiga qarşi kuraşiş juda past darajada. Mavjud şaroitda xorijlik tadbirkorlar Özbekistonga kirib kelib mahsulotini işlab çiqariş, bozorga olib çiqişda muayyan qiyinçiliklarga duç kelişadi. Hattoki oçilgan brend dökonlar yopilib ketmoqda.
Çunki bizda har qanday taniqli brend mahsulotning qalbakisini işlab çiqariş, yoki çalkaştiriş darajasida öşa brendga öxşaş mahsulot işlab çiqariş sanoat darajasiga kötarilgan.
Boz ustiga, birovning brendi ostida soxta mahsulot yoki çalkaştiriş darajasida öxşaş mahsulot işlab çiqariş uçun belgilangan jazo nihoyatda yengil.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177-moddasi (Özganing tovar belgisidan, xizmat körsatiş belgisidan, tovar kelib çiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravişda foydalaniş)ga köra, özganing tovar belgisidan, xizmat körsatiş belgisidan, tovar kelib çiqqan joy nomidan yoki adaştirib yuboriş darajasida ular bilan öxşaş bölgan belgilardan şu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravişda foydalaniş yoxud özganing firma nomidan qonunga xilof ravişda foydalaniş — fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
MJtKning 177 (2)-moddasi (Ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bölgan huquqlarni buziş)ga köra, tegişli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini öz içiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlaş, sotişga taklif etiş, sotiş, fuqarolik muomalasiga boşqa yösinda kiritiş — fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Birovning patentlangan ixtirosi yoki tovar belgisidan foydalanganlik uçun jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan.
Jinoyat kodeksining 186(3)-moddasida faqat sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş uçun jazo tayinlangan xolos.
Nafaqat yurtimizga investitsiya kiritişi mumkin bölgan xorijlik tadbirkorlar, özimizning tadbirkorlarimiz ham özlari işlab çiqarayotgan mahsulotlarini qalbakilaştirişdan himoya qilişga muhtoj. Buning uçun allaqaçon jinoiy javobgarlik joriy etilişi lozim.
Muxtasar qilib aytganda, yurtni boy qiluvçilar — tadbirkorlar. Ularning emin-erkin faoliyat körsatişi, yurtimizga investitsiyalar kirib kelişi uçun barçani qoniqtiruvçi, puxta muhokamadan ötgan qarorlar va qonunlar kerak.