Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 26 iyul kungi majlisida “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasi töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Majlisda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov sözga çiqdi. Uning sözlariga köra, qonun loyihasi bilan jamoatçilik, ya’ni nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari, ta’lim taşkilotlari, ilmiy muassasalar, boşqa yuridik şaxslar va Özbekiston Respublikasi fuqarolari ham normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaviyligini mustaqil baholaşlari mumkinligi belgilanmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillar röyxati aniq belgilanmoqda. Masalan:
- noaniq va asossiz havolalar keltirilişi;
- normativ-huquqiy hujjatlar örtasida ziddiyatlarning mavjudligi;
- davlat organlarining takrorlovçi vakolatlari va vazifalarning mavjudligi;
- davlat organi tomonidan özining vakolatiga kirmaydigan masalalar böyiça normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinişi;
- manfaatlar töqnaşuvi;
- afzalliklarning asossiz belgilanişi;
- normativ-huquqiy hujjatning kuçga kirişini asossiz ravişda keçiktiriş;
- davlat budjeti hamda budjetdan taşqari mablağlarning sarflanişi bilan boğliq aniq va şaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi;
- undiriladigan soliqlar va yiğimlarni hisoblaş hamda undirişning murakkab yoki noaniq tartib-taomillari;
- davlat xaridlarini amalga oşiriş bilan boğliq masalalar böyiça aniq va şaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi;
- ortiqça va asossiz talablarning örnatilgani;
- vaqt çegaralarining aniq belgilanmagani;
- şaffoflik va jamoatçilik nazoratini ta’minlaşdagi böşliqlar va boşqa omillar korrupsiyaviy omillar deb hisoblanişi belgilanmoqda.
Majlisda, şuningdek, “Manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş töğrisida”gi qonun loyihasi ham birinçi öqişda qabul qilindi.












