«Mançester Yunayted» hujumçisi Kriştianu Ronaldu «Rayo Valekano»ga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşirildi. U mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlarida iştirok etmay, bir neça örtoqlik öyinlarini ötkazib yuborgandi. 

Muxlislar bilan muloqot

«Qirol yakşanba kuni öynaydi», - Kriştianu Ronaldu «Rayo Valekano»ga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşişini ijtimoiy tarmoqlarda şunday mağrur xabar bilan e’lon qildi. Ammo bu zör fotosurat bilan e’lon qilingan post emasdi, balki, şunçaki, fanatlar sahifasida portugaliyalikning mavsumoldi nazorat öyinlari uçun röyxatga kiritilmagani haqidagi xabar ostida qoldirilgan şarh edi.

Ronaldu sönggi haftalarda ijtimoiy tarmoqlarda faol böldi. Yo zerikdi yoki öz atrofidagi haqiqatga töğri kelmaydigan miş-mişlardan çarçadi, şuning uçun heç bölmaganda nimanidir rad etişga harakat qildi. Xuddi göyo «Mançester Yunayted» tarkibidan taşqarida qolganini inkor qilgani kabi.

Portugaliyalik uçun 20 boş qöy

Sönggi vaqtlarda Kriştianu ijtimoiy tarmoqlar va xabarlar lentasidan tuşmayapti. Ammo «Mançester Yunayted» tarkibida uzoq vaqtdan beri köriniş bermayapti. U jamoaning Avstraliya va Tailanddagi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini «oilaviy sabablar»ga köra ötkazib yubordi. Rasmiy xabar şunday. Ammo uning butun yoz davomida öziga yangi klub topişga urinayotganini hamma biladi. Aynan «urinmoqda», çunki 37 yoşli futbolçini top-klublardan heç biri öz tarkibida körişni istamayapti. Biroq, Farer orollarining «Klaksvik» klubi bor. U Ronaldu uçun hazilomuz tarzda 20 boş qöy taklif qildi.

Umuman olganda, Ronalduga biroz açiniş mumkin. Uzoq vaqtdan buyon unga bunday katta miqdordagi memlar va hazillar bağişlanmagandi. Klublar Kriştianuni qutqarişga intilmayapti, odamlar esa uni oçiqçasiga masxara qilmoqda. Sönggi kunlargaça Ronalduga asosiy da’vogar sifatida körib kelingan «Atletiko» muxlislari esa hatto norozilik namoyişini ham uyuştirişdi. Örtoqlik öyini çoğida ular «CR7 xuş kelmabsan!» degan bannerni osib qöyişdi. Kriştianu bunga ijtimoiy tarmoqlarda kulgili emodzi bilan munosabat bildirdi.

Yoşlar tarkibida maşğulot

Ammo mavsum boşlanişiga oz qoldi va Ronaldu tarkibdan çetda qolişiga aql bovar qilmaydi, ayniqsa uning şartnoma majburiyatlari borligi hisobga olinsa. Iyul oyining sönggi kunlarida Kriştianu baribir «Mançester Yunayted» bazasiga qaytdi. Ammo unga asosiy tarkib bilan maşğulot ötkazişga ruxsat berilmadi. Lekin Ronaldu bundan uyalmadi: aksinça, şanba kuni u tört nafar yoş öyinçi – Çarli MakNil, Amad Diallo, Çarli Sevij va Annibal Mejbri bilan tuşgan suratini e’lon qildi.

Foto: Global Look Press

«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Erik ten Hag, albatta, bu vaqt davomida Ronalduni kuzatdi. Ammo harakatlari va sözlari bilan portugaliyalikning özi uçun avtoritet emasligini körsatdi. «Rayo Valekano»ga qarşi öyindan oldin niderlandiyalik mutaxassis şunday dedi: «Ronalduning jismoniy tayyorgarligi boşqa futbolçilar bilan bir xil darajada emas, çunki u bir neça haftani ötkazib yubordi. U köp maşq qilişi kerak». Bu ğayrioddiy eşitilyapti: Kriştianuni maşq qilişga majburlaşyapti.

Örinbosarlar tarkibidagi öyin

«Mançester Yunayted» şanba kuni Norvegiyada «Atletiko» bilan örtoqlik öyinini ötkazdi va 0:1 hisobida yutqazdi. Ten Hag asosiyga juda öxşaş tarkibni tuşirdi. Ronaldu futbolçilar röyxatida yöq edi.

Lekin yakşanba kuni «Rayo Valekano»ga qarşi bahsda birinçi daqiqalardan boşlab öynadi. Töğri, bu öyinda «qizil iblislar» tarkibi köproq eksperimental böldi. Masalan, yangi kelgan himoyaçi Lisandro Martines va yarimhimoyaçi Kristian Eriksen ham öynadi.

Ronaldu 4-2-3-1 sxemasida sof markaziy hujumçi sifatida öynadi, bu unga taniş rol, ötgan mavsumda ham şu nuqtada harakat qilgan. Ammo ten Hag bergan 45 daqiqalik vaqtda portugaliyalik heç qanday foydali iş qilmadi. Kriştianu maydon böylab juda sekin harakatlandi, dangasalik bilan orqaga qaytdi, pressingda deyarli iştirok etmadi.

Ammo unda bir imkoniyat böldi. 12-daqiqada «Mançester Yunayted» qarşi hujumga ötdi. Donni van de Bek töpni Kriştianuga oşirdi. Hujumçi jarima maydonçasi içida kuçli, ammo juda noaniq zarbani berdi. Şundan söng, «Old Trafford» hatto uvilladi – «Mançester Yunayted» muxlislari Ronalduning klubga bölgan hozirgi munosabatidan aniq norozi.

Bu öyinda Ronaldu haqida boşqa aytiladigan gap yöq. Tanaffus paytida uning örniga ivuarlik Diallo tuşdi va atigi ikki daqiqa ötgaç, gol urdi. Öyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, ammo örtoqlik öyini natijasi umuman muhim emas. Muhimi – kelasi hafta oxirida Angliya çempionati boşlanadi. Ronaldu esa hali asosiy tarkibga yaqin ham emas.

Qiziği şundaki, Ronaldu tanaffusda zaxiraga olinganidan keyin, öyinni kuzatmay, «Old Trafford»ni erta tark etgan. Muxlislar portugaliyalik yulduzning stadiondan çiqib borayotgani suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatişgan.

Albatta, portugaliyalik kelasi mavsumda Yevropa Ligasida öynaşga majbur bölişidan xavotirda. Ammo agar portugaliyalik jismoniy holatini yaxşilab olmasa, ten Hag uni faqat öşa yerda maydonga tuşirişi mumkin.