Ijtimoiy tarmoqlarda yoş qizaloq yiğlab prezidentga murojaat qilgani videosi tarqaldi. Qizça yaqinlarini qamab qöyişgani, özi esa çorasiz qolganini aytgan.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning ma’lum qilişiça, qizçaning qarindoşlari “özlarining qabih niyatlarini amalga oşiriş ilinjida jajji qizaloqdan foydalangan”.

15 iyun. Hokimiyatdagi janjal

Ğiyosovga köra, 15 iyun kuni Andijon viloyati Asaka tumanida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan M.S. (videodagi qizçaning onasi) va 1975 yilda tuğilgan M.M. (qizçaning xolasi) Asaka tumani hokimiyatiga kelib, janjal kötarişgan.

Ular 2004 yilda tuğilgan S.I. uçun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyun kungi 402-son qaroriga asosan oliygohga imtiyozli öqişga kiriş tavsiyanomasini berişni talab qilgan.

Opa-singil Asaka tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari D.Aliyevani hokimlik hududida uyatli sözlar bilan haqoratlab, soçi va kiyimidan tortib, urib-döpposlaşgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 20 iyun kungi 786-sonli xulosasiga köra, Aliyevaga “qisqa muddatga soğliğini buzilişiga sabab bölgan yengil tan jarohati” yetkazilgan.

20 iyun. Suddagi janjal

IIV matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, yuqorida tilga olingan fuqaro M.M. 20 iyun kuni öğli A.I., qizi Z.Ğ. va jiyani S.I. bilan Asaka tumanlararo iqtisodiy sudiga kelib, janjal kötarişgan.

Ular sudda Asakabank filialidan A.I.ga tegişli bölgan “Asaka Bread Svit” MÇJga 500 mln söm kredit ajratiş böyiça qilgan murojaati rad etilgani sababli, sud zalida Asakabank Bobur filiali rahbari B.Haydarovni haqoratlab, kaltaklaşgan; ularning bu harakatlarini töhtatmoqçi bölgan milliy gvardiya xodimlariga qarşilik körsatişgan.