Yevrokomissiya (YeK) 2 avgust, seşanba kuni Germaniya hukumatining qayta tiklanadigan energiya manbalari (TEM) va işlatilgan issiqlikdan foydalangan holda markazlaştirilgan isitiş dasturlarini qöllab-quvvatlaş uçun deyarli 3 mlrd yevrolik rejasini tasdiqladi. U Germaniya va Yevropa ittifoqiga iqlim özgarişiga qarşi kuraşda öz maqsadlariga erişiş böyiça yordam berişi kutilmoqda. Bu haqda YeK saytidagi press-relizda ma’lum qilindi. 

2,98 mlrd yevrolik reja davlat subsidiyalarini taqdim etiş orqali yaşil energetika rivojlanişini rağbatlantiradi. Uşbu yordam 2028 yilgaça kamida 75 foiz TEM va işlatilgan issiqlik hisobiga işlaydigan yangi markazlaştirilgan issiqlik tarmoqlari yoki mavjud tarmoqlarni dekarbonizatsiya loyihalariga körsatiladi. 

Reja Yevroittifoq qoidalariga muvofiq bölib, unda davlat yordami «zarur va örinli» bölişi talab qilinadi, çunki usiz yangi markazlaştirilgan issiqlik ta’minoti obektlarida ifloslantiruvçi yoqilği turlaridan foydalanilişi mumkin yoki yuqori investitsion xarajatlar va past daromad tufayli bunday investitsiyalar amalga oşirilmaydi.

«Uşbu çora tufayli Germaniya qayta tiklanadigan energiya va işlatilgan issiqlikning isitiş tizimidagi uluşini oşirişi mumkin böladi, şu orqali uning çiqarib taşlanişi körsatkiçlarini sezilarli darajada kamaytiradi», deya ma’lum qilgan raqobat böyiça yevrokomissar Margrete Vestager press-relizda.