“Maktabgaça ta’lim sohasida davlat-xususiy şeriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalaştiriş töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 sentabrdan davlat-xususiy şeriklik asosida faoliyat yuritayotgan boğçalarda, oilaviy boğçalarda:
- budjetdan subsidiyalar xodimlar işga kelib-ketişi hamda tarbiyalanuvçilar davomatidan kelib çiqib nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarini boşqariş axborot tizimida avtomatik hisoblab çiqiladi;
- xodimlar işga kelib-ketişini hisobga oliş hamda tarbiyalanuvçilar davomatini yuritiş mobil ilova yordamida şaxsni biometrik identifikatsiya qiliş texnologiyasi orqali amalga oşiriladi;
- hisobot oyida tarbiyalanuvçilar oylik davomati röyxatga olingan tarbiyalanuvçilarga nisbatan 40 foizdan kam bölganda, uşbu oy uçun budjetdan iş haqi tölanmaydi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi nizomlar tasdiqlandi: davlat-xususiy şeriklik asosidagi boğçalarni taşkil etiş uçun banklarga pul joylaştiriş tartibi; nodavlat boğçalarga budjetdan subsidiyalar va kompensatsiyalar tölaş tartibi; oilaviy boğçalar töğrisida; keçki smenada xotin-qizlar işlaydigan taşkilotlardagi boğçalar tarbiyaçilari iş haqini qoplaş uçun budjetdan kompensatsiya ajratiş tartibi; nodavlat boğçalarni boşqariş axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi örtasida özaro almaşiladigan ma’lumotlar röyxati.












