“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali xabariga köra, örganiş natijasida qator vazirlik va idoralar tomonidan qonunçilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’yektlaridan davlat xizmatlari körsatilişida hamda işga qabul qiliş jarayonida ortiqça hujjatlar talab qilingani aniqlandi.
Ular quyidagilar:
- «Özsuvta’minot» AJ – 600 dan ortiq;
- «Hududgazta’minot» AJ – 300 dan ortiq;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 50 dan ortiq;
- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ – 40 dan ortiq;
- Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;
- Ta’lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi – 20 dan ortiq.
Adliya vazirligi tomonidan qonunçilik hujjatlari buzilişiga yöl qöygan yuzasidan yuqoridagi vazirlik va taşkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir çoralari qöllanildi.











