“Soliq maslahatiga oid faoliyat töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Soliq maslahatiga oid faoliyat deganda soliq maslahatçilari taşkiloti yuridik va jismoniy şaxslarga şartnoma asosida soliq maslahati böyiça xizmatlar körsatişga doir faoliyat tuşuniladi.

Soliq maslahati bir qator xizmatlarni, mijozga soliqlar va yiğimlarni hisoblaş, tölaş, hisobot tayyorlaş böyiça maslahat beriş, sudlarda, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat qiluvçi organlarda vakillik qilişni öz içiga oladi.

Soliq soliş masalalari böyiça advokatlar tomonidan yuridik yordam körsatiş, sudda va boşqa davlat organlarida vakillik qiliş soliq maslahati hisoblanmaydi. Moliya vazirligi soliq maslahatiga oid faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Soliq maslahatçilari palatasi soliq maslahatçilari, soliq maslahatçilari taşkilotlari ixtiyoriy a’zoligi asosida taşkil etiladigan kasbiy birlaşmasi hisoblanadi. 

Malaka sertifikatiga ega bölgan jismoniy şaxs soliq maslahatçisi böladi. Malaka imtihonini topşiriş uçun ariza bilan Soliq maslahatçilari palatasiga murojaat qilinadi. Malaka sertifikatini olişga doir malaka imtihonlarida iştirok etiş uçun 600 ming söm miqdorida yiğim tölanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy ötgaç kuçga kiradi.