Özbekistonning Şvetsiyadagi yangi elçixonasining birinçi diplomati Stokholmga yetib bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Diplomatik missiya maslahatçisi lavozimiga tayinlangan Nodir Ğaniyev Özbekistonning Şvetsiya qirolligidagi muvaqqat işlar vakili vazifasini bajaradi.

U Farğona şahrida tuğilgan, 50 yoşda. 1993 yil Toşkent davlat universitetini (hozirgi Milliy universitet) filolog-şarqşunos mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 1994 yildan buyon Taşqi işlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakat xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda işlagan.

Şvetsiyaga jönab ketişdan oldin u Taşqi işlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Stokholmdagi diplomatik vakolatxona Özbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elçixonasi böladi.