Toşkent viloyati IIBB xabariga köra, 2 avgust kuni 2008 yilda tuğilgan E.E. Parkent tumani Yoşlik mahallasida yaşovçi toğasining uyiga mehmonga kelgan. 

Qayd etilişiça, u yerda 2007 yilda tuğilgan M.T. (toğasining öğli) bilan quşlarni ovlaş maqsadida toğasiga tegişli bölgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib çiqqan. 

Şundan söng 14 yaşar E.E. ehtiyotsizligi oqibatida pnevmatik quroldan öq otib 15 yoşli M.T.ning çap kökrak sohasiga tan jarohati yetkazgan. 

Natijada, fuqaro M.T. olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.